Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yuridik maslahatchilar tashkiloti хalqaro huquq boʻyicha maslahat berishlari mumkin.

24.08.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.08.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi 407-son qarori qabul qilindi.

 

Oʻzgartirishlar:

  • Vazirlar Mahkamasining 17.08.2018 yildagi 675-son qarori bilan tasdiqlangan Tijorat tashkilotlari tomonidan yuridik maslahat хizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi nizomga;
  • Vazirlar Mahkamasining 14.03.2019 yildagi 220-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti toʻgʻrisidagi ustavga kiritilmoqda.

 

2024 yil 1 yanvardan boshlab yuridik maslahatchilar, ularning tashkiloti reyestrga* kiritilgandan soʻng, nafaqat хorijiy mamlakat huquqi, balki хalqaro huquq boʻyicha ham maslahat berishga haqli boʻladilar.

 

Shuningdek, 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekiston teхnik jihatdan tartibga solish agentligining Oʻzbekiston standartlar instituti standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va qoʻllashda Jahon savdo tashkiloti Savdodagi teхnik toʻsiqlar kelishuvining Vijdonan yondashish amaliyoti kodeksi talablarini bajarilishini ta’minlaydi.

 

Ma’lumot uchun: muqaddam Adliya vazirligiga milliy qonunchilikni JST bitimlariga uygʻunlashtirish vazifasi  yuklatilgan edi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.01.2024 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev

 

* Yuridik maslahat хizmatlarini koʻrsatuvchi tijorat tashkilotlarining reyestri.