Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yuridik shaхslar yer soligʻini har oyda toʻlaydi, u boʻyicha hisob-kitobni 10 yanvargacha topshiradi

05.01.2018

 

Bunday yangi norma 29.12.2017 yildagi OʻRQ–454-son «Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun bilan koʻzda tutilgan.


Eslatib oʻtamiz, yer soligʻi toʻlovchilari boʻlgan yuridik shaхslar har yili yil boshida 1 yanvar holatiga yer soligʻining yillik summasini aniqlaydi.

 

2017 yilga qadar yer soligʻi har chorakda teng ulushlarda chorakning 2-oyi 15-sanasigacha toʻlanar edi. Mazkur soliq boʻyicha hisob-kitob joriy soliq davrining 15 fevraligacha yer uchastkasi joylashgan joy boʻyicha DSIga topshirilishi zarur edi.

 

1.01.2018 yildan boshlab yer soligʻini toʻlash har oyning 10-sanasigacha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida amalga oshiriladi.

 

Tegishincha, yer soligʻi boʻyicha hisob-kitob taqdim etish muddatlari ham oʻzgardi. 2018 yil uchun yer soligʻi boʻyicha hisob-kitobni 10 yanvargacha taqdim etish zarur. Shu sanadan kechiktirmay byudjetga yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdoridagi birinchi toʻlovni toʻlash zarur boʻladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Muzaffar Mirzaaniyev.