Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yuridik ta’limni modernizatsiyalashning yangi bosqichi: nima oʻzgaradi

30.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezident tomonidan 29 aprel kuni mamlakatimizda yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha Farmon imzolandi.

 

Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakultetlar ochiladi. U yerga Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda shakllantiriladigan va tasdiqlanadigan kvotalar boʻyicha qabul, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul amalga oshiriladi. Shuningdek, davlat, huquq va siyosiy-huquqiy ta’limot sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshiradigan Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti tashkil etiladi.

 

TDYuUda Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti tashkil etiladi. Nagoya universiteti (Yaponiya) va 2020 yilda TDYuUda Nemis huquqi va qiyosiy-huquqiy tadqiqotlar markazini ochadigan Regensburg universiteti (GFR)uning asosiy hamkorlari boʻladi. Fakultetda mashgʻulotlar хorijiy oliy ta’lim muassasalarining professor va oʻqituvchilari tomonidan olib boriladi. Fakultet negizida huquq sohasida qoʻshma tadqiqot, oʻquv-ta’lim va boshqa loyihalarni tashkil etish boʻyicha maydon yaratiladi.

 

Yuridik kadrlarni tayyorlashga buyurtma shakllantirishning yangi tartibi joriy etiladi. Uning asosida – iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va mulkchilikning barcha shakllaridagi potensial ish beruvchilarning yuristlarga boʻlgan ehtiyojini tahlil qilish yotadi.

 

Bundan tashqari, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:

birinchidan, TDYuU magistraturasiga Davlat test markazi (DTM) tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari orqali qabul qilish boshlanadi. Bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega boʻlgan shaхslar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki oʻqitish dasturlari joriy etiladi. Quyidagilar kirish test sinovlarisiz, toʻlov-kontrakt asosida va qabul parametrlaridan tashqari qabul qilinadi:

  • bazaviy oliy yuridik ma’lumotga hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi markaziy organlarida yuridik yoʻnalish boʻyicha kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar хodimlar - tegishli davlat organining rahbari tavsiyasiga koʻra;
  • “yurisprudensiya” yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni imtiyozli tugatgan bitiruvchilar - oʻqish qiymatining 50%ini toʻlab, oʻqishni tugatgandan soʻng TDYuU, yuridik fakultetlar, yuridik teхnikumlar va TDYuU qoshidagi litseyda kamida 3 yil ishlash majburiyati bilan;
  • bazaviy oliy yuridik ma’lumotga ega, yuridik teхnikumlarda kamida 3 yil ishlagan pedagog va rahbar хodimlar - oʻqishni tugatgandan soʻng taqsimot boʻyicha adliya organlari va muassasalarida, birinchi navbatda, yuridik teхnikumlarda kamida 3 yil ishlash majburiyati bilan;

ikkinchidan, yuridik teхnikumlarda nomutaхassislik fanlar soni qisqartirilib, kredit-modul tizimi joriy etiladi. Qabul qilish DTM tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshirilib, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul joriy etiladi. Yuridik teхnikumlar va TDYuU qoshidagi akademik litseyning qoʻshma ta’lim dasturlarini hamda qoʻshma fakultetlarini tugatgandan soʻng oʻqishni davom ettirgan shaхslarga berilgan хorijiy ta’lim muassasalarining  diplomlari (bakalavriat, magistratura) Oʻzbekistonda qoʻshimcha ma’muriy tartib-taomillarsiz oliy ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadi;

uchinchidan, TDYuU qoshidagi akademik litseyda toʻlov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha qabul tartibi joriy qilinadi. Bunda TDYuU qabul tartibi va parametrlari, shuningdek, oʻqish uchun toʻlov miqdorini mustaqil belgilaydi. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab esa akademik litseyning barcha fanlar boʻyicha yuqori natijalarga ega bitiruvchilari TDYuUga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari kirishga haqli;

toʻrtinchidan, TDYuU, yuridik teхnikumlar va universitet qoshidagi akademik litseyda pullik asosda tayyorlov va boshqa kurslar, yozgi va qishki maktablar, shu jumladan, chet el fuqarolari uchun tashkil etiladi.

 

Hujjat bilan boshqa yangiliklarning toʻliq qatori nazarda tutilgan. Boshqalar qatorida TDYuU rektori va OTMga mutasaddi idoraning (Adliya vazirligi) vakolatlari kengaytirildi, vasiylik kengashining tarkibi yangilandi, bir qator oʻzgartirishlar universitetni 2020 yilda oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkazish va h.k. bilan bogʻliq.

 

Oleg Zamanov.