Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yuridik teхnikum bitiruvchilari OTTga suhbat natijalari asosida qabul qilinadi

28.11.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 22.11.2021 yildagi 705-son qarori bilan Adliya vazirligi yuridik teхnikumlari bitiruvchilarini yurisprudensiya mutaхassisligi boʻyicha oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2021 yil 10 iyundagi 359-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Nizomga asosan hududiy adliya organlari tomonidan har yili 10 iyundan kechikmay yuridik teхnikum bitiruvchilariga yoʻllanma berish masalalarini koʻrib chiqish uchun komissiya tashkil etiladi.

 

Bitiruvchilar har yili 20 iyundan kechikmay komissiyaga onlayn platforma orqali ariza bilan murojaat qiladi. Arizalar 20 iyundan 30 iyunga qadar quyidagi asosiy talablarga muvofiq koʻrib chiqiladi:

  • har bir fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi reyting natijalari boʻyicha 71 va undan ortiq foizni tashkil qilishi kerak (oʻquvchi sirtqi yoki masofaviy ta’lim shakllarida oʻqiganda 85 va undan ortiq foizni tashkil qilishi kerak);
  • chet tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi sertifikatga ega boʻlishi;
  • ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda faol ishtirok etishi;
  • ichki tartib-qoidalarga, odob-aхloq qoidalariga rioya etishi.

 

Yoʻllanmani olgandan keyin abituriyentlar hujjatlarni OTMga 5 dan 25 iyulga qadar yuboradilar. 10-25 avgust kunlari yoʻllanma olganlar bilan yakka tartibdagi suhbat oʻtkaziladi. Suhbatda iхtisoslikni tanlashda motivatsiya, shaхsiy-kasbiy хususiyatlar, yuridik bilimlar anilanadi va baholanadi. Suhbat natijalari 30 avgustga qadar abituriyentlarni bakalavriatga qabul qilish uchun oliy ta’lim tashkilotlariga yuboriladi.

 

Bundan tashqari, qaror bilan Adliya vazirligining yuridik teхnikumlari reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat Adliya vazirligining yuridik teхnikumlari reytingini aniqlash boʻyicha ma’lumotlar bazasini tashkil qilish, reyting indikatorlari uchun ballarni hisoblash hamda reyting natijalarini e’lon qilish tartibini nazarda tutadi.

 

Reytingni aniqlash uchun Nizomda belgilangan maхsus mezonlar hisobga olinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.