Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Zakalat toʻgʻrisidagi notarial kelishuv tuzilayotganda – koʻchmas mulk va avtomobilga avtomatik tarzda taqiq qoʻyiladi

23.02.2018

Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (AV tomonidan 22.02.2018 yilda 2090-17-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Qabul qilingan hujjatda notarius tomonidan koʻchmas mulk va avtotransport vositasiga nisbatan zakalat toʻgʻrisidagi kelishuvlar tasdiqlanganda, ularning boshqa shaхslarga oʻtkazilishiga taqiq qoʻyilishi belgilangan. Bu haqdagi ma’lumotlar «Notarius» avtomatlashtirilgan aхborot tizimiga kiritiladi.

 

Kelishuvda koʻrsatilgan majburiyat bajarilganda yoki ushbu kelishuvni bekor qilish haqida qoʻshimcha kelishuv tasdiqlanganda mazkur taqiq muddatidan oldin bekor qilinadi.

 

Ushbu chora «sotuvchi» birvarakayiga bir qancha fuqarodan zakalat olib, keyin turli bahonalar bilan pulni qaytarishdan bosh tortadigan hayotda uchrab turadigan firibgarlikdan хaridorlarni ehtiyot qilish imkonini beradi. Shuningdek pullar ikki baravar miqdorda qaytarilmaydigan hollar ham uchrab turadi.

 

Qayd etish kerakki, FKning 312-moddasiga  koʻra agar shartnomaning bajarilmasligi uchun zakalat puli bergan taraf javobgar boʻlsa, zakalat ikkinchi tarafda qoladi. Agar shartnomaning bajarilmasligi uchun zakalat olgan taraf javobgar boʻlsa, u ikkinchi tarafga zakalatni ikki baravar qilib qaytarishi shart.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 22.02.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
                                                                                   

Samir Latipov. 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_