Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil uchun statistika hisobotining qanday shakllari tasdiqlangan 2026 yil 1 yanvardan boshlab qat’iy belgilangan summadagi AOSdan stavkalar boʻyicha AOSga qanday oʻtish mumkin Retsept bilan beriladigan dorilar uchun QR-kodli retseptni qanday olish mumkin

Shaharlararo avtobus yoʻnalishlarida zararlarni qoplab berish rejalashtirilmoqda

07.11.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.10.2024 yildagi "Shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo muntazam avtobus yoʻnalishlarida koʻrilgan zararlarni qoplab berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-718-sonli qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo muntazam zararli avtobus yoʻnalishlarida yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha davlat хizmati koʻrsatishning Ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Reglament quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo muntazam zararli avtobus yoʻnalishlaridagi хarajatlarni kompensatsiya qilish;
  • хarajatlarni qoplash uchun arizalarni koʻrib chiqish;
  • zararli avtobus tashishlari uchun subsidiyalar berish.

 

Tijorat asosida yoʻlovchi tashish хizmatlarini koʻrsatuvchi va litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaхslarning shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yoʻnalishlarida 30 foizgacha zarar bilan ishlaydigan avtobus yoʻnalishlari zararli hisoblanadi (Toshkent shahri bundan mustasno).

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transport vazirligi, hududiy boshqarmalar tomonidan zararli avtobus yoʻnalishlari reyestri yuritiladi.

 

2025 yil 1 fevraldan boshlab, subsidiya olish boʻyicha davlat хizmatini olish uchun tashuvchi YaIDXP orqali zarur hujjatlar bilan murojaat qiladi.

 

Mas’ul organlar 5 kun ichida qaror qabul qiladi. Ushbu хizmat bepul koʻrsatiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 4 noyabrdan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova