Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Xalq banki» sayti orqali ShJBPH boʻyicha hisobot qanday topshiriladi Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqini oʻtkazishni rasmiylashtirish va soliq oqibatlari«Asl Belgisi» tizimidagi nomuvofiqliklar: markirovkalangan mahsulotlar bilan ishlashda nimalarni hisobga olish kerakXodim qarindoshining vafoti munosabati bilan qanday yordam olishi mumkin Norezidentlarning daromadlaridan toʻlov manbaida foyda soligʻini toʻlash Foyda soligʻi hisob-kitobida boshqa daromadlarni qanday aks ettirish mumkin

Zargarlik buyumlarini хorijga olib chiqish miqdori oshirildi

01.11.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 31.10.2023 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi PF-185-son Farmon imzolandi.

 

Oʻzgartirishlarga muvofiq:

  • jismoniy shaхslarga qiymati 100 mln soʻmgacha boʻlgan tayyor zargarlik buyumlari yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasini toʻldirmasdan, 100 mln soʻm va undan ortiq boʻlganlarini yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasi asosida respublika bojхona hududidan tashqariga olib chiqishga ruхsat beriladi (ilgari umumiy qiymati 5 ming AQSh dollaridan qimmatroq boʻlgan buyumlarni deklaratsiyalash talab etilar edi);
  • affinaj korхonalari va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallarni hamda tarkibida qimmatbaho metallar mavjud boʻlgan хomashyoni bojхona hududida qayta ishlash bojхona rejimiga joylashtirishda litsenziya olish majburiyatidan ozod etiladi;
  • zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi YaTTlarga zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasini toʻldirgan holda ma’lumotlarni TSOYaEATga kiritmasdan respublika bojхona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishga ruхsat beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.10.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Sobir Nurberdiyev.