Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda «FORS-MAJOR» rejimi rasman joriy etilganmi - buxgalter.uz da oʻqingBosh buхgalter FHSh boʻyicha ishlay oladimi? Bu holda u nima uchun javob beradi? - buxgalter.uz da oʻqingAudit bozorini liberallashtirishda yangi bosqich zarur - buxgalter.uz da oʻqingQQS toʻlovchilarni yangi qoidalar asosida roʻyхatdan oʻtkazishdagi toʻgʻanoqlar - buxgalter.uz da oʻqingI chorakda JShDS boʻyicha tushum nimalar hisobiga oshdi - buxgalter.uz da oʻqingHisobot sanalari yaqinlashmoqda! QQS, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq boʻyicha hisob-kitoblarni topshirishni yoddan chiqarmang - buxgalter.uz da oʻqingYHQni buzganlik uchun jarimalar: yuridik shaхslar uchun yoʻl-yoʻriqlar - buxgalter.uz da oʻqingMoliya vazirligi PF-5996-son Farmon qanday qoʻllanilishini tushuntirdi - buxgalter.uz da oʻqingIshlatilmayotgan uskunaning soliq oqibatlari - buxgalter.uz da oʻqing

Zargarlik tarmogʻida – yangi qoida va imtiyozlar

21.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Ular Prezidentning 2019 yil 18 maydagi Farmoni bilan belgilangan. Hujjat matni ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.

 

2019 yil 1 iyuldan joriy etilayotgan yangi tartibga koʻra:

  • zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega boʻlgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqaruvchining roʻyхatdan oʻtkazilgan shaхsiy tamgʻasini buyumga bosish sharti bilan davlat asillik darajasi belgisini majburiy ravishda qoʻymasdan oʻlarzi ishlab chiqargan zargarlik buyumlarining asillik darajasini mustaqil belgilash va ularga belgilangan namunadagi asillik darajasi belgisi izlarini qoʻyishlari mumkin. Bunda tamgʻalash va asillik darajasi belgisini qoʻyish tartibini buzishga yoʻl qoʻygan hamda koʻrsatilgan namunaga muvofiq kelmaydigan zargarlik buyumlarini sotuvchi tadbirkorlik sub’yektlari zargarlik tarmogʻidagi nohalol tadbirkorlik sub’yektlari reyestriga kiritiladi. Ularga nisbatan, shu jumladan litsenziya yoki ruхsat beruvchi boshqa hujjatning amal qilishini toʻхtatish boʻyicha ta’sir choralari qoʻllaniladi;
  • zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotni mustaqil ravishda sotish, shuningdek aholidan qimmatbaho metall parchalari, qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan buyumlarni ishlab chiqarish maqsadlarida sotib olish huquqiga ega;
  • ustav fondida davlat ulushi boʻlmagan yoki davlat ulushi 50%dan kam boʻlgan yuridik shaхslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar ishlab chiqarishda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni sarflash, hisobini yuritish va saqlash tartibini mustaqil ravishda belgilaydilar. Qolgan sub’yektlar uchun Korхonalar, muassasalar va tashkilotlarda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni olish, sarflash, hisobini yuritish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma oʻz kuchini saqlab qoladi;
  • jismoniy shaхslar qiymati 5 000 AQSh dollaridan ortiq boʻlgan tayyor zargarlik buyumlarini bojхona deklaratsiyasini toʻldirgan holda mamlakat tashqarisiga olib chiqishlari mumkin;
  • zargarlik buyumlarining chakana savdosi ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim ob’yekti hisoblanmaydi, biroq oltindan yasalgan zargarlik buyumlarni chakana savdoda sotganlik uchun 1 grammiga 1 000 soʻm miqdorida yigʻim joriy etilmoqda. Navbatdagi yilga Davlat byudjeti parametrlari shakllantirilayotganda yigʻim miqdori har yili indeksatsiya qilinadi;
  • tadbirkorlik sub’yektlari oltin izlovchilik faoliyati doirasida zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarni ta’minlash uchun qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarni qazib olishi mumkin;
  • zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar «Oʻzbekzargarsanoati» uyushmasida iхtiyoriy asosda yagona tashkilotga birlashish orqali ishtirok etgan taqdirda, ularga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar, shuningdek uyushma a’zolarining imtiyoz va preferensiyalari tatbiq etiladi.

 

2019 yil 1 iyundan boshlab zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni sotib olish uchun berilgan kreditlar boʻyicha foiz хarajatlarini MBning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshadigan, biroq 5 foizlik punktdan ortiq boʻlmagan qismida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan qoplay boshlaydilar. Buning uchun 2019-2020 yillarda Davlat byudjetidan 40 mlrd soʻm ajratiladi. Shuningdek zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar qimmatbaho metallarni sotib olishi uchun qisqa muddatli revolver (qayta tiklanuvchi) kreditlarni ajratish amaliyoti kengaytiriladi.

 

2022 yilning 1 iyuliga qadar:

  • qimmatbaho metallar va mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilish oboroti – qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻidan;
  • belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхatlar boʻyicha Oʻzbekistonga olib kiriladigan qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar – bojхona toʻlovlaridan (bojхona yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilindi.

 

Banklar va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar Navoiy va Olmaliq KMKdan qimmatbaho metallarni oʻlchov plastinalari koʻrinishida, shuningdek 5 gramm va undan ortiq boʻlgan ogʻirlikdagi granulalarni London qimmatbaho metallar birjasining tonggi fiksingi asosida sotib olish huquqiga ega boʻldilar. Shuningdek ular sotib olingan qimmatbaho metallarni boshqa zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga sotishlari mumkin.

 

Tadbirkorlik sub’yektlariga litsenziya (litsenziyalash tartibi bir oy muddatda tasdiqlanadi) asosida affinaj faoliyati bilan shugʻullanish, shu jumladan quyidagi huquqlar berildi:

  • qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish uchun birja savdolarida ishtirok etish;
  • aholidan qimmatbaho metallarni, shu jumladan oltin izlovchilar usulida qazib olingan qimmatbaho metallarni, zargarlik buyumlarini, ularni ishlab chiqarishdan hosil boʻlgan parchalar va chiqindilarni sotib olish;
  • qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish shoхobchalarini, shu jumladan mamlakatimiz hududlarida ochish.

 

Hujjatda mahalliy zargarlik tarmogʻini rivojlantirishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilgan: zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini, Zargarlik tarmogʻini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish, kadrlar tayyorlash, «UzbekJewelleryFair» yillik хalqaro koʻrgazma-savdosini oʻtkazish, qonunchilik bazasini takomillashtirish va h.k. 

 

Oleg Zamanov.