Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti: 30 yoshgacha boʻlgan 28 laureat oliy ta’lim muassasasiga kirish boʻyicha imtiyozga ega boʻladi

05.02.2018


Prezidentning 2.02.2018 yildagi "Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni bilan Zulfiya nomidagi davlat mukofotini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Bu haqda OʻzA хabar beradi.

 

Birinchidan, u taqdim etiladigan yosh chegarasi 8 yoshga oshirildi. Endi mukofotni 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan nomzodlar qoʻlga kiritishi mumkin. Ilgari Zulfiya nomidagi davlat mukofoti toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq  ularning yoshi 14 dan 22 yoshgacha chegaralanardi.

 

Ikkinchidan, laureatlar soni ikki marta oshirildi. Endi uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafardan nomzodga berish belgilandi (hammasi boʻlib 28 nafar). Ilgari faqat 14 nafardan koʻp boʻlmagan qizlar gʻolib boʻlishi mumkinligi mustahkamlandi.

 

Uchinchidan, mukofot laureatlarining oliy ta’lim muassasalariga kirishi boʻyicha imtiyoz kengaytirildi. Endi ular kirish imtihonlarisiz oliy ta’lim muassasalarining nafaqat bakalavriat, balki magistratura bosiqichiga ham davlat granti asosida kirishlari mumkin.

 

Bu - muhim! Mazkur imtiyoz faqat ta’limning tegishli yoʻnalishlari va iхtisosliklari boʻyicha qoʻllaniladi. Masalan, akademik litsey va kasb-hunar kolleji bitiruvchilari bakalavriatda faqat ta’limning avvalgi bosqichiga mos yoʻnalish  boʻyicha, bakalavriat bitiruvchilari esa – magistraturaning tegishli yoʻnalishi (iхtisoslik) boʻyicha oʻqishni davom ettirishlari mumkin (20.06.2017 yildagi 393-son VMQga qarang).

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

 

Samir Latipov.