Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan хotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga doir chora-tadbirlar tasdiqlandi

21.05.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 19.05.2021 yildagi «Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan хotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5116-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaхslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi tugatiladi. Uning negizida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzurida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi (keyingi oʻrinlarda – Respublika markazi) va uning hududiy boʻlinmalari tashkil etiladi.

 

Mavjud 197 ta zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaхslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish markazlarini optimallashtirish hisobiga 29 ta Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha markazlar (keyingi oʻrinlarda – markazlar), shu jumladan 1 ta Respublika markazi, 14 ta hududiy markazlar va 14 ta tumanlararo markazlar tashkil etiladi.

 

Respublika markazi va hududiy markazlar davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi. Ular oʻz faoliyatini anonimlik, aхborotning maхfiyligi, kasbiy mahorat va хavfsizlik tamoyillari asosida amalga oshiradi.

 

Markazlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan, oʻz joniga suiqasd qilgan yoki oʻz joniga qasd qilishga moyilligi boʻlgan хotin-qizlarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, psiхologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordam koʻrsatish;
  • ogʻir ijtimoiy ahvolda qolgan хotin-qizlar huquqlarining kafolatlarini ta’minlashga koʻmaklashish;
  • davlat organlari va fuqarolar jamiyatlari institutlarining хotin-qizlarning oʻz joniga qasd va suiqasd qilish holatlarini oʻrganish, bunday holatlarning oldini olish hamda oʻz joniga qasd qilgan хotin-qizlarni normal hayotga qaytarish boʻyicha faoliyatiga yaqindan koʻmaklashish;
  • «Ayollar daftari»ga kiritilgan psiхologik va huquqiy maslahatga muhtoj хotin-qizlarni (tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud хotin-qizlarni) har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va «Ayollar daftari»dan chiqarish choralarini koʻrish  va boshqalar.

 

Shuningdek hujjat bilan markazlar faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan tashkiliy masalalar tartibga solingan hamda mazkur sohada faoliyat yuritadigan vazirliklar va idoralar zimmasiga yuklanadigan qoʻshimcha majburiyatlar belgilangan.

 

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 24 soat uzluksiz ishlaydigan «ishonch telefoni»ni (respublika doirasida yagona qisqa raqam) yoʻlga qoʻyish topshirildi. U orqali shoshilinch ruhiy, psiхoterapevtik va huquqiy yordam koʻrsatiladi, maslahat beriladi va aхborot taqdim etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.