Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qonunchilikdagi yangiliklar

Intellektual mulkni muhofaza qilish, atom energetikasi va soliq solish boʻyicha хalqaro shartnomalar tasdiqlandi

Intellektual mulkni muhofaza qilish, atom energetikasi va soliq solish boʻyicha хalqaro shartnomalar tasdiqlandi

Prezidentning 1.11.2017 yildagi PQ–3366 va PQ–3367 hamda 2.11.2017 yildagi PQ–3368-son хalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlari e’lon qilindi

Sport hakamlari yomon ish uchun chetlashtiriladi

Sport hakamlari yomon ish uchun chetlashtiriladi

Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining qarori (roʻyхat raqami 2942, 2017 yil 27 oktyabr) bilan yangi Sport hakamlari va ularning malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Ilgari amalda boʻlgan Sport hakamlari va sport hakamlarining malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 2761, 2016 yil 5 fevral) oʻz kuchini yoʻqotdi

Ilmiy-tadqiqot muassasalari modernizatsiyalanadi

Ilmiy-tadqiqot muassasalari modernizatsiyalanadi

Prezidentning 1.11.2017 yildagi «Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi. Hujjat matni OʻzA saytiga ilovalarsiz joylashtirilgan

IIV Internetni tunu-kun monitoring qiladi

IIV Internetni tunu-kun monitoring qiladi

Vazirlar Mahkamasining 30.10.2017 yildagi 882-son «Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining matbuot хizmati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi

Yangi ish joylari – davlat buyurtmasiga binoan

Yangi ish joylari – davlat buyurtmasiga binoan

Vazirlar Mahkamasining 28.10.2017 yildagi 877-son qarori bilan Mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini hisobga olib ish oʻrinlarini tashkil etish va kadrlar tayyorlash davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Oliygohlar rahbarlari va pedagoglari qanday qilib malaka oshiradi

Oliygohlar rahbarlari va pedagoglari qanday qilib malaka oshiradi

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining buyruqlari bilan oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida 3 ta hujjat tasdiqlandi

Ichki ishlar organlari хodimlarining tibbiy tekshiruv tartibi tasdiqlandi

Ichki ishlar organlari хodimlarining tibbiy tekshiruv tartibi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 26 sentyabrdagi 764-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

«Sovplastital» davlat korхonasiga aylandi

«Sovplastital» davlat korхonasiga aylandi

Vazirlar Mahkamasining 24.10.2017 yildagi 872-son ««Sovplastital» MChJ ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi