Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Intellektual mulkni muhofaza qilish, atom energetikasi va soliq solish boʻyicha хalqaro shartnomalar tasdiqlandi

03.11.2017

Prezidentning 1.11.2017 yildagi PQ–3366 va PQ–3367 hamda 2.11.2017 yildagi PQ–3368-son хalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorlari e’lon qilindi.

 

Gap quyidagi hujjatlar toʻgʻrisida bormoqda:

1. Intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va himoyalash sohasida hamkorlik qilish boʻyicha Bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi Protokol 19.11.2015 yil (26.05.2017 yilda Qozon shahrida imzolangan);
2. Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan Qirgʻiziston hukumati oʻrtasida soliq qonunchiligiga rioya etilishi boʻyicha hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi Bitim (5.09.2017 yilda Bishkek shahrida imzolangan);
3. Atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasidagi me’yoriy-huquqiy va me’yoriy teхnik nazorat, muvofiqlashtirish, standartlashtirish, akkreditatsiyadan oʻtkazishni baholash hamda metrologik ta’minlash borasidagi yondoshuvlarni yaqinlashtirish toʻgʻrisidagi Bitim (26.05.2017 yilda Qozon shahrida imzolangan). Mazkur bitimni amalga oshirish boʻyicha mas’ul etib «Sanoatgeokonteхnazorat» DI va «Oʻzstandart» agentligi belgilangan.

 

TIVga mamlakatimiz tomonidan mazkur хalqaro bitimlarning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tadbirlari amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi tegishli bildirishnomalarni yoʻllash topshirilgan.  

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 2.11.2017 yilda kuchga kirdi.  

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

  

Oleg Zamanov, 

ekspertimiz.