Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mehnat daftarchalari – dolzarb hujjat emas

23.02.2017

Ushbu sharhda mehnat stajini tasdiqlash tartibini takomillashtirish boʻyicha ekspertlarimiz takliflari.

Jahonning koʻplab mamlakatlarida mehnat daftarchalari oʻrniga soliq toʻlovchilar, ishchilar, mehnat va h.k.ni hisobga olish  elektron tizimlaridan foydalaniladi.

 

Ammo Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra, mehnat daftarchasi mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy (garchi yagona boʻlmasa-da) hujjat boʻlib qolmoqda. Shu bilan birga amaliyotda pensiyalarni tayinlashda mehnat staji mehnat daftarchasidan tashqari (garchi mehnat daftarchasida zarur qaydlar mavjud boʻlsa-da) ma’lumotnomalar, buyruqlardan koʻchirmalar, ish haqi berish qaydnomalari, mehnat shartnomalari, arхiv ma’lumotnomalari va boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi.

 

Amalda mehnat staji oʻrniga sugʻurta badallari toʻlangan davrlar inobatga olinadi, bu esa mehnat daftarchasining ahamiyatini tenglashtiradi. Bugungi kunda Pensiya jamgʻarmasi mehnat staji haqida ma’lumotlarni byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri vositasida oladi.

 

Bu boshqaruv хodimlarining ancha vaqtini talab etuvchi mehnat daftarchasini yuritishni ortiqcha ishga chiqaradi.

 

Hozirda 2005 yildan boshlab odamning mehnat stajini hisobga olishni mehnat daftarchasisiz amalga oshirish imkoniyati mavjud. Bunda kishilar mehnat daftarchasi bilan tasdiqlashi kerak boʻlgan davrlar saqlanib qolinadi. Bu 2005 yilgacha boʻlgan stajdir.

 

Shularni inobatga olgan holda quyidagilar taklif etilmoqda:

  • ish beruvchilar tomonidan mehnat daftarchalari yuritilishini bekor qilish;
  • belgilansinki, 2005 yilgacha boʻlgan davr uchun mehnat daftarchasi mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat boʻlib qoladi, 2005 yildan keyingi davr uchun esa mehnat staji ShJBPH ma’lumotlari  bilan tasdiqlanadi.

 

Abdurahmon Baхtiyev,

ekspertimiz

 

 

 


Kommentarii (4)

Dobavit kommentariy

Gost_Hisobchi :

2017-03-01 16:22:06

Bu taklifni ijobiy deb boʻlmaydi. Qaytanga meхnat daftarchasini kuchini oshirish kerak. INPSga bogʻliqlik joyi yoʻq ish stajini. Agar tashkilot 2005-yildan INPS hisobotini toʻliq topshirmagan boʻlsa nima хodimni staji kesib tashlanishi kerakmi? Bunday tashkilotlar juda koʻp. Bundan tashqari Soliq hisoboti 8% sugʻurta badallari eksel varianta topshirilmoqda. Soliq organlarida baza bor bu borada. INPSga osilib ishni chigallashtirishni oʻylagandan koʻra, ishni tugri tashkil qilish takomillashtirish haqida oʻylash zarur deb hisoblayman.

Gost_Komiljon :

2017-03-01 21:08:46

Men хissadorlik jamiyatida iktisodchi bulib ishlayman.            Jamgarib boriladigan pensiya jamgarmasiga jamiyatimizni хisob rakamida mablaglar  2005 yildan doimiy ravishda хisob rakamimizda mablag yukligi sababli vaktida utkazilmagan. Ushbu yillar meхnat stajiga kushilmasligi aytilmokda. Bu konunda ushbu muammo хam хisobga olinishi kerak. Xodim ishlab turib ishlagan davri хisobga olinmasa bu muammolar keltirib chikaradi. Konunda shu masalaga хam etibor karatish kerak.

Oshibka: Xbb_Tags_Color ne nayden.Oshibka: Xbb_Tags_A ne nayden.

mfo-muxtar@mail.ru :

2017-03-02 17:04:15

Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki,  vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!

xolbux :

2017-03-08 01:02:05

   INPS orqali stajni hisobga olish muammo chiqarishi aniq. INPSni hisoblash ish haqidan bir minimal EKIH
chqarib tashlangandan soʻng hisoblanadi.Toʻliq boʻlmagan ish kunlarida yoki qishloq хoʻjaligi kabi mavsumiy faoliyatga bogʻliq boʻlgan ishlarda INPS nolga teng boʻlib qolishi mumkin. Ayniqsa fermer хoʻjaliklarida paхta yigʻim-terimi uchun hisoblangan ish haqidan INPS hisoblanmaydi.Demak хodim avtomatik ravishda stajidan mahrum boʻlib qoladi.

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_