Yerlarni qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish uchun foizsiz qarzlar ajratiladi
Ularni vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻulash, nasos agregatlarini montaj qilish va ishga tushirish, daryo va kanallardan suv olish uchun uskunalar xarid qilish va boshqalarga ishlatish mumkin.
Suv hisoblagichlarni saqlashga kim ma’sul
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Huqumat qarorlariga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv tizimi takomillashtirilishga qaratilgan oʻzgartishlar kiritilmoqda.
Ekologiya sohasidagi tanlovlar qanday tashkil etiladi
Tanlov gʻoliblari 8 dekabr - Konstitutsiya kuni arafasida tantanali vaziyatda taqdirlanadi.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ta’siri qanday baholanadi
2025 yildan boshlab normativ-huquqiy hujjatlar monitoring qilinadi
Milliy vaqt shkalasi joriy etilmoqda
Tashkilotlarga aniq vaqt pulli xizmat asosida uzatiladi
Respublika sholikorlariga imtiyozli kreditlar va subsidiyalar beriladi
Sholi yetishtirish uchun uskunalar xarid qilish xarajatlarining bir qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etilmoqda
Tuman va shaharlarda hokimning birinchi oʻrinbosari rahbarligida hududiy shtablar tashkil etilmoqda. Ularning ishini iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari boshchiligidagi Respublika shtabi muvofiqlashtiradi.
Mehmonxonalarga imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sharoit yaratishga subsidiyalar ajratiladi
Ular Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan ushbu jamgʻarmaga oʻtkazilgan turistik (mehmonxona) yigʻimlari hisobidan toʻlanadi.
Kasaba uyushmalari tashkilotlarining roʻyxatdan oʻtkazilishi soddalashtirildi
Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qoʻyish tartibini tartibga soluvchi ba’zi normativ-huquqiy hujjatlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Hukmlarning dublikatlari va koʻchirma nusxalari uchun boj toʻlanadi
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga qoʻshimchalar kiritildi
Sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi belgilanmoqda
Sugʻurta xizmatlari tannarxi tarkibiga uchta qoʻshimcha maxsus xarajatlar kiradi
Jahon brendlari bilan hamkorlik qilayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar 1 million AQSh dollari miqdorida grant oladi
Shuningdek, ularga xalqaro standartlarni joriy etish, ekologik sertifikatlash va muvofiqlik boʻyicha sertifikatlash, hamda mutaxassislarning malakasini oshirish boʻyicha xarajatlar qoplanadi.
Sudlar Xalq deputatlar kengashlari oldida hisobot berishmaydi
Shu bilan birga ular jamoatchilikni har chorakda oʻz faoliyatlari boʻyicha xabardor qilishadi.
Oʻzbekistonda faktoring tashkilotlari tashkil etiladi
Ularning faoliyati Markaziy bankda nobank kredit tashkiloti sifatida reyestrda hisobga olish roʻyxatidan oʻtgandan soʻng amalga oshiriladi.
Buxoro viloyatining turistik loyihalari imtiyozli kreditlar bilan qoʻllab-quvvatlanadi
Prezident qarori bilan tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilash va loyihalarni moliyalashtirishni muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh tuzildi.
Kuzda ish haqi, pensiya va nafaqlar oshiriladi
Tegishli farmonni Prezident 2024 yil 12 avgustda imzoladi.
“Probatsiya toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi
Shuningdek, Jinoyat kodeksida axloq tuzatish ishlarini ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirish asosi oʻzgarmoqda.
Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari va ijtimoiy xizmatlar klassifikatorlari tasdiqlandi
Shaxsning aholining ijtimoiy extiyojmand toifasiga mansubligi uning yozma arizasiga koʻra tekshiriladi.
Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyalashtiriladi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining vazifalari va funksiyalari belgilandi.
Yuridik shaxslarga STIRni biriktirish reglamenti tasdiqlanmoqda
STIRni biriktirish boʻyicha soʻrovni tekshirishning eng uzoq muddati – 1 ish kuni.
Energiya tejash masalalari qanday tartibga solinadi
Prezident muntazam energoaudit oʻtkazish, yoqilgʻi-energetika resurslarining belgilangan sarf normalariga qat’iy rioya qilish, energiyani tejash sohasida xalqaro standartlarni qoʻllash va boshqalarni belgilaydigan Qonunni imzoladi.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun xususiy sektor litsenziya olishi lozim
Bunda quvvati 5 MVtdan ortiq boʻlgan gidroelektr stansiyalarining kamida 25% davlat mulki boʻlishi shart.
Mahallalarda aholi muammolarini aniqlashning yangi tizimi joriy etilmoqda
Yagona soʻrovnoma asosida fuqarolar muammolarini oʻrganish fuqarolarning murojaatlari asosida, "eshikma-eshik" yurish natijalari boʻyicha va boshqa hollarda oʻtkaziladi.
"Markaziy Osiyo" sanoat hamkorligi xalqaro markazi" erkin iqtisodiy zonasi tashkil etilmoqda
Uning hududida faqat Oʻzbekiston va Qozogʻistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ishlab chiqarish sertifikati nazorati ostida sotiladi.
Yer amnistiyasi e’lon qilindi
Tegishli qonun 2028 yilning 1 yanvariga qadar amal qiladi.
Osma yoʻllar qurilishiga subsidiyalar beriladi
Ular Davlat byudjetidan 2025 yil 31 dekabrgacha foydalanishga topshirilishi va yoʻllar uzunligi kamida 500 metr boʻlishi sharti bilan har 500 metr yoʻl uchun 1 mlrd soʻm miqdorida ajratiladi.
Majburiy raqamli markirovka qoʻyilgan tovarlar savdosida nimalar oʻzgaradi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Soliq qoʻmitasiga bunday tovarlarning chakana savdosini nazorat qilish topshirildi.
93 ta tashkilotda rahbarlar faoliyati KPI asosida baholanadi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari rahbarlari faoliyatini KPI asosida baholash tartibi belgilanmoqda
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


