Yangi toʻqimachilik xom ashyosi ishlab chiqarish Namangan viloyatida 2018 yilda ishga tushiriladi
Prezidentning 6.10.2017 yildagi PQ-3314-son “Toʻqimachilik sanoati xom ashyo bazasini diversifikatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi
48 ta davlat tibbiyot tashkiloti xususiylashtiriladi
Prezidentning 29.09.2017 yildagi PQ-3297-son qarori bilan faoliyat turini 10 yil mobaynida saqlab qolish sharti bilan davlat aktivlari xususiylashtirish tartibida savdolarda sotiladigan davlat tibbiyot tashkilotlari roʻyxati tasdiqlandi
Qimmatli qogʻozlar boʻyicha mutaxassislarni attestatsiya qilish tartibi oʻzgardi
Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining buyrugʻi (roʻyxat raqami 660-7, 2017 yil 21 sentyabr) bilan Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqi uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya) qilish toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi
Davlat boshqaruvi akademiyasida yiliga 160 nafar tinglovchi qayta tayyorlanadi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 sentyabrdagi 745-son Qarori bilan boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasida qator hujjatlar tasdiqlandi
2018 yildan hayvonni sotib olganda veterinarda hisobga olish majburiy boʻladi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 sentyabrdagi 748-son Qarori bilan Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Koʻpriklardan foydalanish uchun mas’ullar belgilandi
Prezidentning 4.10.2017 yildagi PQ-3309 «Avtomobil yoʻllari koʻpriklari, yoʻl oʻtkazgichlar, va boshqa sun’iy inshootlarni qurish va ulardan foydalanishni tashkil etish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Yoʻl belgilarini xatlash yil oxirigacha tugatiladi
Vazirlar Mahkamasining 2.10.2017 yildagi 784-son qarori bilan Uzavtoyo'lbelgi» DUKning asosiy vazifalari belgilandi va korxonaning boshqaruv apparati tuzilmasi tasdiqlandi
Mehnat sohasiga parlament nazorati joriy etilmoqda
Senat 4.10.2017 yilda “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qarorni qabul qildi
TIF MB ustav jamgʻarmasi koʻpaytirildi
Vazirlar Mahkamasining 30.09.2017 yildagi 776-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ustaviga tuzatishlar kiritildi
Texnik moylarning xavfsizlik mezonlari tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 2.10.2017 yildagi 783-son qarori bilan Moylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklarga talablar toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi
Qanday tibbiyot buyumlariga QQS boʻyicha imtiyoz tatbiq etilmaydi
Vazirlar Mahkamasining 22.09.2017 yildagi 752-son qarori bilan tayyor dori vositalari va tibbiyot buyumlarini import qilishni tartibga solish bilan bogʻliq Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Shifokorlar propiska boʻyicha qishloq joylarga taqsimlanadi
Vazirlar Mahkamasining 27.09.2017 yildagi 769-son «Tibbiyot kadrlarini tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Qimmatbaho metallar zargarlarga bank orqali sotiladi
Vazirlar Mahkamasining 30.09.2017 yildagi 778-son qarori bilan Zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun qimmatbaho metallarni realizatsiya qilish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Namuna koʻrsatgan yosh oilalarga ipoteka qanday shartlar bilan beriladi?
Vazirlar Mahkamasining 23.09.2017 yildagi 753-son «Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashda qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Avtomobilda yuklarni shaharda va shahar atrofida tashishlar uchun litsenziyalar birlashtirildi
Vazirlar Mahkamasining 18.09.2017 yildagi 739-son qarori bilan Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Fargʻona vodiysidagi chuchuk suv zaxiralari qayta baholanadi
Vazirlar Mahkamasining 30.09.2017 yildagi 779-son qarori bilan 2017-2022 yillarda yer osti chuchuk suv zaxiralaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga Fargʻona vodiysi aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilindi
Musodara qilingan jinoyat qurollari qaytariladimi?
Parlamentda jinoyatda ishtirok etmagan shaxslarga tegishli jinoyat qurollarini musodara qilishni bekor qilish toʻgʻrisida Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan muhokama yakunlandi. Biz mazkur qonun qabul qilinishining mol-mulkidan mosuvo boʻlgan sobiq mulkdorlar uchun oqibatlarini tahlil qilishga urinib koʻrdik
Koʻrsatkichlari past notariuslarga ustamalar saqlab qolinadi
Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining qarori (roʻyxat raqami 2168-3, 2017 yil 3 oktyabr) bilan Davlat notarial idoralari va notarial arxivlar faoliyatini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
FVV tekshiruvlarni qanday oʻtkazadi
Vazirlar Mahkamasining 19.09.2017 yildagi 744-son qarori bilan Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, shuningdek kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Oʻzbek-qirgʻiz Davlat chegarasi toʻgʻrisidagi Shartnoma ratifikatsiya qilindi
“Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida oʻzbek-qirgʻiz Davlat chegarasi toʻgʻrisidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun e’lon qilindi
Atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarilishiga nisbatan talablar kuchaytiriladi
Ushbu sharhda – “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri yuzasidan deputatlar izohlari
Dorixonalar ijtimoiy ahamiyatga ega dorilarning muomalada boʻlishi toʻgʻrisida hisobot beradi
Vazirlar Mahkamasining 18.09.2017 yildagi 741-son qarori bilan Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
YaIDXPda qanday davlat xizmatlarini joriy etishni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hal qiladi
Vazirlar Mahkamasining 15.09.2017 yildagi 728-son «Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
«Voz kechilgan» tovarlar kimga beriladi
Vazirlar Mahkamasining 18.09.2017 yildagi 742-son qarori bilan Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Mobil qurilmalarning IMEI kodlarini roʻyxatdan oʻtkazish taklif qilinmoqda
QHTBT portalida Prezidentning «Mobil qurilmalarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va hisobga olish tizimini tartibga solishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi joylashtirildi
Terma jamoalarning a’zolari sport maktablari shtatiga kiritiladi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 sentyabrdagi 733-son Qarori bilan belgilanishicha, 2018 yil 1 yanvardan boshlab Respublika oliy sport mahorati maktablari va ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktablari shtatlar jadvaliga “sportchi” lavozimi kiritiladi
Qarz uchun qamashadimi?
Mazkur material qarzlarni toʻlashdan boʻyin tovlashning yuridik jihatlariga bagʻishlangan materiallar turkumining dastlabkisi. Unda shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik va firibgarlik oʻrtasidagi farq hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ularni farqlashda yordam beruvchi alomatlar yoritilgan
Mahalliylashtirish dasturi kengaytirildi
Vazirlar Mahkamasining 16.09.2017 yildagi 732-son qarori bilan 2017 — 2019 yillarda tayyor mahsulot turlari, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritildi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


