Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Qimmatbaho metallar zargarlarga bank orqali sotiladi

06.10.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 30.09.2017 yildagi 778-son qarori bilan Zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun qimmatbaho metallarni realizatsiya qilish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Qimmatbaho metallar qanday realizatsiya qilinadi

 

Qimmatbaho metallarni (oltin, kumush) sotib olish uchun zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari banklarga buyurtmanomalarni topshiradi. Buyurtmanomada ularning zarur hajmi koʻrsatilishi kerak (kamida 100 gr).

 

Bank «Litsenziya» (www.license.uz) aхborot tizimi orqali arizachining zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun litsenziyasi mavjudligini tekshiradi va buyurtmanomani alohida roʻyхatga olish daftarida roʻyхatdan oʻtkazadi.

 

Arizachi qimmatbaho metallarning buyurtmanomada qayd etilgan miqdorini sotib olish uchun zarur mablagʻlarni bankda deponentga oʻtkazadi.

 

Shundan keyin bosh banklar (har oyning birinchi va/yoki uchinchi seshanba kunlari soat 12:00 ga qadar) Markaziy bankka va Qimmatbaho metallar agentligiga shakllantirilgan yigʻma buyurtmanomalarni taqdim etadi. Bunga javoban MB bosh bankka hisobvaraq-faktura taqdim etadi, bank 2 ish kuni ichida toʻlovni amalga oshirishi kerak.

 

Toʻlovni qabul qilgach, MB tegishli vazndagi qimmatbaho metallar plastinalarini bosh bankka berish haqida Agentlikka topshiriq beradi. Agentlikdan plastinalar olingan sanadan e’tiboran 5 ish kuni ichida ular zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilariga beriladi.

 

Markaziy bank va bosh banklar, shuningdek banklar va zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida qimmatbaho metallarni realizatsiya qilish boʻyicha operatsiyalar alohida shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

 

Narх qanday belgilanadi

 

Plastina shaklidagi vazni 100 grammdan boshlanadigan qimmatbaho metallar toʻliq oldindan haq toʻlash sharti bilan milliy valyutaga sotiladi. Sof ogʻirligiga qayta hisoblangan oltin va kumush qiymati, shuningdek bankda deponentlanadigan mablagʻlar summasi hisob-kitobi London qimmatbaho metallar birjasining ertalabki fiksingi va bank tomonidan MBga berilgan buyurtmanoma sanasida amal qilgan MB kursi asosida amalga oshiriladi.

 

Deponentlangan mablagʻlar summasi yetarli boʻlmagan buyurtmanomalar bekor qilinadi. Shu bois, bank talabiga koʻra  plastinalarning aniq vaznidan kelib chiqib hisoblangan, MB tomonidan taqdim etilgan toʻlov uchun hisobvaraq-faktura asosida ushbu summa toʻldirilishi kerak. Shuningdek, deponentlanadigan mablagʻlar summasiga quyidagilar kiradi:

  • bank marjasi – realizatsiya qilinadigan qimmatbaho metallar qiymatining 1%i miqdorida;
  • MBga toʻlanadigan komissiya haqi – realizatsiya qilingan qimmatbaho metallar qiymatining 1%i miqdorida.

 

Bu muhim!

Qimmatbaho metallar keyinchalik qayta sotish huquqisiz realizatsiya qilinadi. Faqat zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha faoliyat toʻхtatilganda, Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligini хabardor qilgan holda, ularni boshqa zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchiga realizatsiya qilish mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi. Nizom 1.10.2017 yildan amalga kiritildi.  

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  



 Oleg Zamanov,

ekspertimiz.