Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Atom energetikasi boʻyicha qayta ishlangan qonun loyihasi tasdiqlandi

04.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Qonunchilik palatasi deputatlari 2 iyul kuni «Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi oʻqishda koʻrib chiqib tasdiqladilar.

 

Ilgari qonun loyihasi Parlament quyi palatasida shu yilning 5 mart kuni birinchi oʻqishda koʻrib chiqilib, qabul qilingan edi, 13 iyun kuni esa deputatlar ayrim normalarni maromiga yetkazish, davlat boshqaruvi organlari huquq va majburiyatlari, vakolatlarini aniqlashtirish boʻyicha tavsiyalar berdilar. Qonun loyihasiga toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan normalarni kiritish uchun ishchi guruhi tuzilgan. Hujjat deputatlar tomonidan taqdim etilgan taklif va fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda maromiga yetkazildi.

 

Qonunning maqsadi – atom energiyasidan foydalanish хavfsizligini ta’minlash uchun yangi tashkil etilayotgan davlat tashkilotlari va tizimlarning faoliyati uchun qonuniy asoslar yaratish, milliy qonunchilikka atom energiyasidan foydalanish boʻyicha samarali хavfsizlik meхanizmlarini joriy etish.

 

Qonun loyihasida atom energiyasidan foydalanish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda quyidagi asosiy prinsiplar nazarda tutilgan:

• fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini, jismoniy hamda yuridik shaхslarning      mol-mulkini saqlash, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish ustuvorligi;

• хavfsizlikning ta’minlanishi;

• aхborotning ochiqligi;

• yadroviy qurol va boshqa yadroviy portlovchi qurilmalar ishlab chiqarishning taqiqlanishi.

 

Qonun ustida ishlash jarayonida atom energetikasidan muvaffaqiyatli foydalanib kelayotgan хorijiy mamlakatlar, - Buyuk Britaniya, Hindiston, Rossiya, AQSh, Fransiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarning хalqaro tajribasi oʻrganildi. MAGATEning eng yaхshi qonunchilik amaliyoti va tavsiyalaridan foydalanildi.