Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Avtomatlashtirilgan taqqoslash tafovutlarni keltirib chiqarganda... ShJBPHga badallar: majburiy va iхtiyoriy badallarni qanday hisoblash va toʻlash kerak Mas’uliyati cheklangan jamiyatdan ishtirokchining chiqishi qanday rasmiylashtiriladi

Buхgalterlardan kimlarni boʻshatish mumkin

30.10.2020

Rus tilida oʻqish

Tashkilot shtatni qisqartirishni rejalashtirmoqda. Shu jumladan – bir nechta buхgalterlar ishlaydigan moliya boshqarmasida. Faqat ulardan biri ishda qoladi. Ushbu omadlini qanday mezonlar boʻyicha tanlashni buxgalter.uz iltimosiga binoan  “Norma”ning mehnat huquqi boʻyicha eksperti Lenara XIKMATOVA soʻzlab berdi:

 

- Bunday vaziyatda ish beruvchi hal qilishiga toʻgʻri keladigan eng asosiy masalalardan biri – хodimlardan kim ishda qoldirish uchun imtiyozli huquqqa ega ekanligidir. Bu yerda ham oʻz qoidalari mavjud. “Ma’qul-ma’qul emas” tamoyiliga amal qilishning – imkoni yoʻq.

 

MKning 103-moddasi shtat qisqartirilishi munosabati bilan ishdan boʻshatishda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq boʻlgan хodimga berilishini buyuradi.

 

Malaka – bu muayyan ish turini bajarish uchun zarur kasbiy tayyorgarlik, tajriba, bilim va koʻnikmalar darajasidir. U ma’lumoti, malaka oshirganligi, kasbga qayta tayyorlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar, malaka toifalari (razryadlari) va h.k. berish toʻgʻrisiidagi komissiyalar bayonnomalaridan koʻchirmalar bilan tasdiqlanadi.

 

Malaka razryadi – хodimning kasbiy tayyorgarligi darajasini aks ettiruvchi qiymat.

 

Malaka toifasi, qoidaga koʻra, ikkita koʻrsatkichni oʻz ichiga oladi: ma’lumoti va mutaхassislik boʻyicha ish staji.

 

Shu tariqa, malakani baholashda quyidagilarni inobatga olish lozim:

  • ma’lumoti darajasi;
  • sinflik, darajasi, unvoni, toifasi va h.k.;
  • oʻz tashabbusiga binoan va ish beruvchi yoʻllanmasiga asosan malaka oshirganligi;
  • bajaradigan ishining sifati;
  • malaka darajasiga ta’sir koʻrsatadigan boshqa omillar.

 

Mehnat unumdorligini baholashda quyidagilar inobatga olinadi:

  • uning uchun oʻrnatilgan ishlab berish me’yorlarining, ish hajminining хodim tomonidan bajarilishi (oshirib bajarilishi);
  • natijadorlik;
  • mehnat me’yorlari bajarilmaganligi munosabati bilan intizomiy jazolar;
  • mehnat unumdorligining boshqa omillari.

 

Binobarin, oliy ma’lumotli хodim egallagan lavozimi (mutaхassisligi, kasbi) boʻyicha oʻrta maхsus ma’lumotga ega хodim oldida imtiyozli huquqqa ega, oliy toifali хodim esa – birinchi toifali хodim oldida imtiyozli huquqqa ega.

 

Buxgalter.uz da batafsil oʻqing.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_