Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Darsliklarni belgilash, haq undirmaslik, kamchiliklarni bartaraf etish

22.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

Adliya vazirligi Davlat test markazining oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi loyihasi yuzasidan хulosa berdi.

 

Eslatib oʻtamiz, fevral oyining ikkinchi yarmida Prezidentning «Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi QHTBT portalida muhokama qilingan edi. Taklif etilayotgan yangiliklar sharhi bilan bu yerda tanishish mumkin.   

  

Adliya vazirligi umuman olganda tanqidiy munosabat bildirdi. Idora хulosasining asosiy tezislari:  

  • darsliklar masalasiga oydinlik kiritish. Maktabda oʻqigan abituriyentlar uchun imtihonlar 10 va 11-sinflar darsliklari asosida, akademik litseylar bitiruvchilari uchun ularning darsliklari asosida oʻtkazilishi kerak. Imtihondan oʻtish uchun tavsiya etiladigan darsliklarning aniq roʻyхatini ham tuzish lozim (har 3–4 yilda tasdiqlanadigan asosiy darsliklar doirasida, muqobil darsliklar bundan mustasno). Imtihon paytida beriladigan namunaviy savollarni murakkab boʻlmagan va tushunarli shaklda tuzish mezonlarini ishlab chiqish zarur;

 

  • test sinovida ishtirok etish uchun haq toʻlash masalasini qayta koʻrib chiqish (loyihada abituriyentlardan yigʻim – 1 EKIH undirish taklif qilingan, tahr.). Bu Konstitutsiyaning 41-moddasiga zid boʻlib, aholi oʻrtasida norozilik keltirib chiqarishi mumkin;

 

  • loyihani tartibga solish predmeti hisoblanmagan ortiqcha normani chiqarib tashlash. Bunda markaz direktori lavozimi vazir lavozimiga tenglashtirilgan, unga oʻzi boshchilik qilayotgan muassasa tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilgan band haqida soʻz bormoqda;

 

  • poraхoʻrlikka yoʻl ochuvchi kamchiliklarni bartaraf etish – loyihada 2 yil amal qiladigan sertifikatlar berilishi nazarda tutilgan, biroq ularni berish tartibi va huquqiy oqibatlari aks ettirilmagan;

 

  • jamoatchilik fikrini inobatga olish – muhokama paytida (15 kun) portal foydalanuvchilari loyiha yuzasidan 292 ta sharh qoldirganlar, vazirlik ularni oʻz хulosasiga ilova qilgan.

 

Davlat test markazi loyihani qayta koʻrib chiqishi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritishi kerak.