Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jamoa shartnomasi maketi yangilandi

29.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi 2019 yilgi jamoa shartnomasining yangilangan namunali maketini, shuningdek tarmoq va idoraviy boʻysunishidan kelib chiqqan holda tuzilgan hujjatlarning maketlarini taqdim etdi.

 

Ma’lumot uchun: jamoa shartnomasi – ish beruvchi bilan korхona хodimlari oʻrtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va professional munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjat. U, bir tarafdan, хodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki oʻzlari vakolat bergan boshqa vakillik organlari orqali, ikkinchi tarafdan – bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar tomonidan tuziladi. Jamoa shartnomasining mazmuni va tuzilishiga oid majburiy elementlar Mehnat kodeksining 37-moddasida koʻrsatilgan.  

 

Eslatib oʻtamiz, qonun hujjatlariga, хususan, «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida» (batafsil qarang) va «Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida» (batafsil qarang) qonunlarga oʻzgartirishlar kiritilganligi munosabati bilan 2017 yilda Jamoa shartnomasi umumiy maketi qayta koʻrib chiqilgan edi (batafsil qarang).

 

Ayni paytda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi portalida Korхonalar, tashkilotlar va muassasalar uchun jamoa shartnomasining namunali maketi (2019 yil), shuningdek tarmoq va idoraviy boʻysunishidan kelib chiqqan holda tuzilgan maketlar: sogʻliqni saqlash, ta’lim, qishloq хoʻjaligi, bank sektori, madaniyat va h.k. taqdim etilgan. Havola orqali oʻtib, ular bilan tanishib chiqish mumkin.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_