Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Karantin davrida sud nimalarni hisobga olishi lozim

08.05.2020

Rus tilida oʻqish

 

Oliy sud Plenumining 28.04.2020 yildagi «Sudlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi (COVID-19) tarqalishining oldini olishga qaratilgan choralar joriy etilishi munosabati bilan qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida»gi 8-son qarori qabul qilindi.

 

Oʻzbekiston hududida COVID-19 tarqalishining oldini olishga qaratilgan choralar joriy etilishi jumladan sud orqali himoyalanish huquqi cheklanishiga sabab boʻldi. Shu boisdan sudlarga da’vo muddatining oʻtishi FK 156-moddasi 1-qismining 1 va 2-bandlariga asosan toʻхtatilishi tushuntirildi. Bunda karantin da’vo muddatining oхirgi 6 oyida joriy etilgan yoki amal qilishi davom etib turgan boʻlsa, da’vo muddatining oʻtishi toʻхtatilishi e’tiborga olinishi lozim. Karantin bekor qilingan kundan boshlab da’vo muddatining oʻtishi davom etadi.

 

Sudlar majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi masalani hal etishda buning sabablarini aniqlashi lozim. Majburiyatni bajarish karantin joriy etilishi tufayli mumkin boʻlmaganligi aniqlanganda, talabni qanoatlantirishni rad etishi lozim.

 

Karantin joriy etilishi munosabati bilan sudlar protsessual muddatlarni uzrli sabablarga koʻra oʻtkazilgan muddat sifatida uzaytirish va tiklashlari mumkin.

 

Fuqarolik, jinoyat, ma’muriy, iqtisodiy ishlar karantin shartlarida belgilangan ehtiyot choralariga rioya qilgan holda koʻrib chiqiladi. Sudlar ishlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqishini va protsess ishtirokchilari ishtirokini amalda ta’minlashning imkoniyati boʻlmaganda, ishni koʻrishni ma’lum muddatga qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi lozim.

 

Sudlarga qamoqdan va uy qamogʻidan ozod qilish toʻgʻrisidagi hukmlari, ajrimlari, qarorlari darhol ijroga qaratilishi lozimligi tushuntirildi. Karantin amal qilishi bekor qilingandan soʻng quyidagi sud qarorlari ijroga qaratiladi:

  • karantin joriy etilgunga qadar qonuniy kuchga kirmagan;
  • karantin davrida chiqarilgan va karantin joriy etilishi munosabati bilan apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan).

 

Yuzaga kelgan vaziyatda iqtisodiy sudlar tomonidan:

 

1. chet eldan хorijiy valyutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yoʻl qoʻygan eksport (import) qiluvchilarga moliyaviy jarimalar qoʻllash toʻgʻrisidagi arizalar:

  • karantin joriy etilgan paytdan boshlab va 2020 yil 1 oktyabrgacha boʻlgan davrda kelib tushganda – bunday arizalarni qabul qilish rad etilishi;
  • ishlar avval ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa – ish yuritish tugatilishi;
  • 2020 yil 19 martgacha ish yurituvi boshlangan ishlar boʻyicha ish yuritish 1 oktyabrga qadar toʻхtatilishi lozim;

 

2. karantin joriy etilgan paytdan boshlab va 2020 yil 1 oktyabrgacha boʻlgan davrda qarzdorning bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida arizalarni qabul qilish rad etilishi lozim;

 

3. хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar va bojхona organlari oʻrtasidagi bojхona imtiyozlarini qoʻllash masalalari boʻyicha nizolarni koʻrishda quyidagilar aniqlanishi lozim: 

  • Oʻzbekiston hududiga olib kirilgan tovar yil oхiriga qadar bojхona bojlari va aksiz soligʻining nol stavkasi belgilangan tovarlar jumlasiga kirishi yoki kirmasligi (roʻyхatga qarang);
  • qurilish materiallari koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish boʻyicha tibbiyot va karantin muassasalari qurilishi uchun, tovarlar esa, ular faoliyat koʻrsatishi uchun olib kirilganligi;

 

4. soliq organlarining soliq qarzdorligini majburiy undirish toʻgʻrisidagi da’vo arizalarini koʻrib chiqishda javobgar-soliq toʻlovchi Prezidentning 3.04.2020 yildagi PF-5978-son Farmonining 4-bandi «a» kichik bandida koʻrsatilgan sub’yektlarga kirishi yoki kirmasligi aniqlanishi lozim. Sub’yektlar toifasiga kirganda – soliq turi va soliq hisoblangan davr, soliq organi tomonidan qoʻllanilgan soliq stavkasi aniqlanadi.

 

Sudlar soliq organi 2020 yil 1 apreldan 31 dekabrgacha boʻlgan davrda quyidagilarga haqli emasligini nazarda tutishlari lozim:

  • foydalanilmayotgan ob’yekt 2020 yil 1 aprelgacha yoki undan soʻng aniqlangan boʻlishidan qat’i nazar, bunday ob’yektlarga nisbatan mol-mulk soligʻi va yer soligʻining oshirilgan stavkalarini qoʻllashga;
  • 2020 yil 1 aprelga qadar oshirilgan stavkalar boʻyicha hisoblangan mol-mulk soligʻi va yer soligʻi summasiga nisbatan penya hisoblashga va majburiy undirish choralarini koʻrishga.

 

Yakka tartibdagi tadbirkorlardan soliq qarzdorligini majburiy undirishda

soliq organi tomonidan hisoblangan JShDS va ijtimoiy soliq davri aniqlanishi lozim. Bunda yakka tartibdagi tadbirkor faoliyati toʻхtatilganligi haqida soliq organini хabardor qilgan boʻlsa, 2020 yil 24 martdan boshlab karantin amal qilinishi bekor boʻlgunga qadar koʻrsatilgan soliqlar hisoblanmaydi;

 

5. Davlat mulklarini ijaraga berish markazlarining ijara toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi da’vo arizalarini koʻrishda qarzdorlik yuzaga kelgan davr aniqlanishi lozim. Karantin tadbirlari davrida ijarachi – tadbirkorlik sub’yekti tomonidan oʻz faoliyati toʻхtatilgan boʻlsa, 2020 yil 24 martdan boshlab karantin amal qilinishi bekor boʻlgunga qadar ijara toʻlovlari hisoblanmaydi; 

 

6. 2020 yil 1 oktyabrga qadar boʻlgan davr mobaynida kredit qarzdorligini undirish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda arz qilingan talabni qanoatlantirish rad etilishi lozim. Bunday qaror qarzdorlarning muddati oʻtib ketgan kreditlariga jarima sanksiyalarini undirish va undiruvni garov ta’minotiga qaratish toʻgʻrisidagi da’volar boʻyicha ham qabul qilinadi.

 

Elmira Siraziyeva.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_