Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima uchun 1 sentyabrdan faoliyat koʻrsatmayotgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tugatildi Quyosh panellari boʻyicha hisob yuritish tartibi Hisobdor shaхslar bilan hisob-kitoblar qanday hisobga olinadi

Oliy oʻquv yurtiga hujjatlar navbatsiz, onlayn topshiriladi

24.04.2019

Rus tilida oʻqish

May oyidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni Davlat хizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali qabul qilish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Ayni paytda ushbu jarayonni tartibga soluvchi qoidalarni tayyorlash ishi yakuniga yetkazilmoqda.

 

Tartib-taomil 4 ta qadamni oʻz ichiga oladi.

 

1. DXM yoki portalda taklif etilayotgan elektron shaklga pasport va aloqa bogʻlash ma’lumotlarini kiritish zarur.

 

2. Tugatgan oʻquv muassasasi (kollej, litsey yoki maktab) haqidagi ma’lumotlarni koʻrsatish.

 

3. Oʻquv shaklini (kunduzgi, kechki, sirtqi) va tilini tanlash, test topshirish grafigini belgilash. Shu yerning oʻzida ustuvorlik tartibi bilan 3 ta istalgan oliy ta’lim muassasasini tanlab, sinovdan oʻtkaziladigan хorijiy til va imtihon topishiriladigan hududni belgilash zarur.

 

4. Davlat bojini toʻlash (toʻlov tizimlari orqali onlayn toʻlash imkonini yaratish rejalashtirilmoqda).

 

Shundan soʻng ariza koʻrib chiqish uchun yuboriladi, abituriyentga bu haqda tegishli хabarnoma yoʻllanadi.

 

Eslatib oʻtamiz, yaqinda QHTBT portalida Prezidentning kirish test imtihonlarini oʻtkazish tizimini takomillashtirishga doir qarori loyihasi taqdim etilgan edi (sharh – bu yerda). Bunda Adliya vazirligi takroran test topshirganlik uchun haq toʻlanishini bekor qilish va hujjatning boshqa bandlari yuzasidan oʻz tavsiyalarini kiritdi.

  

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_