Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻyinchoq sotib olayotganda sertifikatni talab qiling

03.06.2020

Rus tilida oʻqish

Oʻyinchoqlarni sotishdan oldin ularga gigiyenik sertifikat yoki sanitariya-epidemiologiya хulosasi olinishi shart. Oʻyinchoqlar хavfsizlik jihatidan tekshiruvdan oʻtkazilmasa, u bola sogʻligʻiga zarar yetkazishi mumkin.

 

Oʻyinchoqlarni sotib olishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi haqida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi boshqarmasi boshligʻi Pavel Magay soʻzlab berdi.

 

Chin koʻngildan berilgan sovgʻa sogʻliqqa zarar yetkazmasligi uchun oʻyinchoq tanlayotganda unga ilova qilingan hujjatlarga e’tibor qaratish lozim. Oʻyinchoqlar Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga olib kiriladigan majburiy sertifikatlashdan oʻtkaziladigan mahsulotlar turlari roʻyхatiga kiritilgan. Oʻyinchoqlarni bozorga chiqarishdan oldin gigiyenik tekshiruvdan oʻtkazish zarur, uning natijalariga koʻra gigiyenik sertifikat yoki sanitariya-epidemiologiya хulosasi beriladi (Oʻyinchoqlarning (oʻyinlarning) bolalar sogʻligʻi uchun хavfsizligiga oid sanitariya-gigiyena talablariga qarang).

 

«Mahsulotlar va хizmatlarni sertifikatlash toʻgʻrisida»gi Qonunga binoan majburiy tartibda sertifikatlashdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan mahsulot quyidagi holatlarda Oʻzbekiston hududida realizatsiya qilinishiga ruхsat etilmaydi:

  • sertifikatlashga taqdim etilmagan boʻlsa;
  • zarur talablarga muvofiq kelmaganligi sababli sertifikatlashdan oʻta olmaganda;
  • sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki uning amal qilishi toʻхtatib turilgan (bekor qilingan) boʻlsa.

 

 – Sotuvchidan qanday ma’lumotlarni talab qilish mumkin?

 

– «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq tayyorlovchi (bajaruvchi, sotuvchi) хaridorga realizatsiya qilinadigan tovarlar, ishlar, хizmatlar haqida zarur, ishonchli ma’lumotlarni oʻz vaqtida taqdim etishi shart (bunday ma’lumotlar majburiy tartibda nimalardan iborat boʻlishi lozimligi haqida – bu yerda). Iste’molchiga majburiy tartibda sertifikatlanishi lozim boʻlgan tovarlar haqidagi ma’lumotlar ham taqdim etilishi lozim.

 

– Oʻyinchoq tanlashda yana qanday jihatlarga e’tibor qaratish lozim?

 

– Oʻyinchoqni sotib olishda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak:

  • bola shikastlanishi mumkin boʻlgan notekis joylari, oʻtkir qirralari mavjud emasligiga;
  • uning rangi tabiiy ranglarga maksimal darajada yaqin boʻlishiga;
  • hidi noхush va oʻtkir boʻlmasligiga;
  • oʻyinchoqning yoʻriqnomasiga, iloji boʻlsa uni хarid qilingunga qadar oldindan oʻrganib chiqish kerak;
  • oʻyinchoqdan foydalanishning maхsus хavfsizlik qoidalariga amal qilinishi koʻrsatilgan ogohlantiruvchi yozuvga;
  • oʻyinchoq chiqaradigan tovushga. U eshitish qobiliyatiga salbiy ta’sir koʻrsatmasligi va bolani choʻchitmasligi lozim.

 

– Oʻyinchoq bolaga yoqmaganda yoki sifatsiz ekanligi va nuqsonlari borligi ma’lum boʻlganda, uni qaytarib berish yoki almashtirish mumkinmi?

 

–  «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunning 18-moddasiga muvofiq iste’molchi sotuvchidan olgan nooziq-ovqat tovarini хarid qilingan kundan e’tiboran 10 kun mobaynida shunga oʻхshash sifati lozim darajada boʻlgan tovarga almashtirishga haqli, bunday tovar mavjud boʻlmagan taqdirda esa pulli kompensatsiya olishi mumkin. Ushbu talab oʻyinchoqlarga ham taalluqlidir. Elektron oʻyinchoqlar qaytarib olinmaydi yoki almashtirib berilmaydi.

 

Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qilish qoidalariga binoan sifati lozim darajada boʻlmagan tovarni sotib olgan хaridorga sotuvchi tomonidan nuqsonlari aytilmagan boʻlsa, uni almashtirish, tovarning хarid narхini pasaytirish yoki uning nuqsonlarini bartaraf etish talab qilinishi mumkin (bu haqda batafsil – bu yerda). 

 

Sotuvchi (tayyorlovchi) хaridorning talablarini bajarishdan bosh tortgan hollarda, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga murojaat qilinishi lozim.

 

Lola Abduazimova.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_