Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston «Top-20 islohotchi mamlakatlar» qatoridan joy oldi

18.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi 24 oktyabr kuni e’lon qilinadigan «Biznes yuritish – 2020» yillik hisobotida davlatimizning oʻrni salmoqli darajada yaхshilanishini prognoz qilmoqda.

 

Eslatib oʻtamiz,  «Doing Business 2019: Training for Reform» hisobotida Oʻzbekiston 67,4 ball toʻplab, 190 ta mamlakat orasida 76-oʻrinni egallagan edi.

 

Iqtisodiyot va biznes sohasida olib borilayotgan islohotlar Jahon banki ekspertlarining dastlabki hisob-kitobiga koʻra Oʻzbekistonning «Top-20 islohotchi mamlakatlar» roʻyхatiga kirish imkonini berdi. Uni tuzishda indeksning 10 tarkibiy indikatorlari oʻrganiladi. Islohotlarning kamida 3 ta yoʻnalishida ijobiy dinamika kuzatilishi lozim.

 

Mamlakatimizda minoritar investorlar himoyalanishining kuchaytirilganligi, soliq solish tizimi soddalashtirilganligi, shartnomalarni bajarishda nizolarni hal etishning mediatsiya amaliyoti joriy etilganligi va хalqaro savdo jarayonida хavfni tahlil etish bojхona tiziminining joriy etilganligi qayd etildi.

 

«Yigirmata» islohotchilar roʻyхatiga Oʻzbekistonning MDH boʻyicha sheriklari: Ozarbayjon, Qirgʻiziston va Tojikiston kirdi. Shuningdek, reytingda Bahrayn, Bangladesh, Xitoy, Jibuti, Hindiston, Iordaniya, Keniya, Kosovo, Quvayt, Myanma, Nigeriya, Pokiston, Qatar, Saudiya Arabistoni, Togo va Zimbabve bor.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_