Issiqlik, issiq va sovuq suv hisoblagichlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi ishlab chiqildi
QHTBT portalida Issiqlik quvvati, issiq va sovuq suv sarfini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokama uchun joylashtirildi
Inson hayotiga suiqasd qilishga qarshi mustahkam qalqon
“Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasiga doir tushuntirishlar
Madaniy merosni ijaraga olish osonlashadi
NHTBT portalida “Moddiy madaniy meros ob’yektlarini va ularga tutash hududlarni ularni obodonlashtirish va zarur holatda saqlash boʻyicha investitsiya majburiyatlari olgan holda ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar loyihasi muhokama uchun joylashtirildi
Mehmonxonalarga valyuta toʻlovlari: muammolar mavjud
Yaqinda qonunchilikka kiritilgan tuzatishlarga koʻra mehmonxonalarda xorijliklarni joylashtirish uchun toʻlovni valyutada amalga oshirish kerak. Valyuta hisob-kitoblari uchun tarifning yuqoriligi turlarning daromadligini tushirmoqda va raqobatbardoshligini pasaytirmoqda
Turistik faoliyatni axborot bilan ta’minlash - jahon bozori va xalqaro standartlar talabi!
26 aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan hamkorlikda “Turistik faoliyatning samarali axborot ta’minoti” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Vaqtida qurib bitkazmadingizmi – soliqni uch baravar miqdorda toʻlang
Soliq kodeksiga tuzatishlar loyihasi tayyorlandi, deb xabar beriladi Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi saytida
Kadrlar ishini yuritish boʻyicha malaka oshiramiz
1 may kuni «Norma» PRMda kadrlar boʻlimi rahbarlari, ish yurituvchilar va buxgalterlar uchun 40 soatlik oʻquv kursi boshlanadi
Gidrotsiklni boshqarish uchun guvohnoma beriladi
Kema haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda kemalarni boshqarish huquqi uchun guvohnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi NHTBT portalida e’lon qilindi
Oʻzbekiston qanday xalqaro hujjatlarga qoʻshiladi?
Tashqi ishlar vazirligi 2017-2020 yillar uchun Xalqaro shartnomaviy-huquqiy faoliyatni takomillashtirish boʻyicha ish rejasini ishlab chiqdi. Loyiha NHTBT portalida joylashtirildi
Moliya vazirligi 2018 yil uchun byudjet boʻyicha takliflarni qabul qilmoqda
Moliya vazirligi 2018 yilgi soliq-byudjet siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish boshlanganini e’lon qildi
Banklar 3-chorakda internet-ekvayringni ishga tushirishni rejalashtirmoqda
Toʻqimachilik mahsulotlari, suvenirlar, kulolchilik, yogʻoch va charmdan ishlangan buyumlar – bular sayyohlar orasida talab katta boʻlgan an’anaviy sovgʻalardir. Ularni koʻplab doʻkonlar, bozorlar va hunarmandchilik rastalaridan xarid qilish mumkin. Ammo qator hunarmandlar va tadbirkorlar oʻz tovarlarini internet-doʻkonlar orqali sotishga ham allaqachon tayyor. Bunday savdo imkoniyati qachon vujudga keladi? Mazkur masala yuzasidan soʻrovimizga Markaziy bankning sharhini e’tiboringizga havola etamiz
XUMSh yigʻimlarining minimal miqdorini davlat belgilaydi
Prezidentning 24.04.2017 yildagi «2017-2021 yillarda koʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori imzolandi
Haydovchi kamera oldida YHQni buzganda
Xizmat avtomobili tomonidan YHQ buzilishi videokamera vositasida qayd qilinganda DYHXX jarima toʻgʻrisidagi qarorni tashkilot manziliga joʻnatadi. Fuqaroning F.I.O. koʻrsatilmaydi. Jarimani kim toʻlashi kerak: haydovchimi yoki tashkilot?
Antireklamadan foydalanishni bilasizmi?
Yaxshi tovarni reklama qilish shart emas degan keng tarqalgan, aslini olganda esa yanglish boʻlgan fikr mavjud. Reklamaga har qanday mahsulot muhtoj. Hatto eng oliy darajadagisi ham
Kollej va litseylar uchun namunaviy shtatlar tasdiqlandi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligining qarori (roʻyxat raqami 2875, 2017 yil 21 aprel) bilan Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlari tasdiqlandi
Bank-moliya akademiyasida qancha oʻqishadi?
Vazirlar Mahkamasining 15.04.2017 yildagi 220-son “Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qarori e’lon qilindi
Sayohat vaqtida pul ishlash yoʻllari
Sayohat qilishni kim ham istamaydi deysiz? Ammo birgina istashning oʻzi kamlik qiladi. Ma’lumki, har qanday sayohat katta mablagʻni talab etadi. Aslida koʻp sayohat qiluvchilar biryoʻla moʻmaygina pul ham ishlashlari mumkin. Buning yoʻlini bilishsa, albatta. Ushbu sharhda dunyoni koʻrish bilan birga pul ishlab olish usullari bilan tanishtiramiz
Ma’mun akademiyasi uchun yangi tuzilma tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 apreldagi 211-son «Xorazm Ma’mun akademiyasining faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Qarori qabul qilindi
Oʻzbekiston markazlashtirilgan issiqlik ta’minotini asta-sekin qisqartiradi
Prezident «2018-2022 yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi toʻgʻrisida»gi Qarorni imzoladi
Fuqarolar yigʻinining kengashida – 2 nafar yangi maslahatchi, profilaktika inspektori va ijtimoiy muassasalar rahbarlari
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 apreldagi 219-son Qarori bilan Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Parrandachilik uchun kreditlar muddati uzaytirildi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 2344-2, 2017 yil 21 aprel) bilan Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 15.04.2017 yildagi 221-son Qarori bilan Avtomobil yoʻllari davlat koʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Litseylardagi mashgʻulotlar uchun OTM oʻqituvchilariga oliy ta’lim stavkalari boʻyicha haq toʻlanadi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat vazirligining qarori (roʻyxat raqami 2834-1, 2017 yil 21 aprel) bilan Oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlariga qoʻshimcha kiritildi
Sud ekspertlari qanday malaka oshiradi
Vazirlar Mahkamasining 13.04.2017 yildagi 206-son qarori bilan Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Yakka tartibdagi tadbirkor plastik kartasi universal boʻldi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 1850-2, 2017 yil 19 aprel) bilan Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan milliy valyutadagi bank kartalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Adliya organlarining faoliyati vaqt talabiga binoan oʻzgarmoqda
Bu haqda Hay’at majlisida Adliya vaziri Muzraf Ikromov xalqimiz uchun amalga oshirilgan ishlar va joriy yilda bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar taqdim etilgan ma’lumotida ta’kidladi
Sud sohasidagi qonunchilik bilan Tadqiqot markazi shugʻullanadi
Prezidentning 19.04.2017 yildagi PQ–2903-son Qarori bilan Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Kimyo tarmogʻi korxonalariga ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish topshirildi
Prezidentning 12.04.2017 yildagi PQ–2884-son Qarori bilan «Oʻzkimyosanoat» AJ faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari belgilandi hamda uning yangilangan tashkiliy tuzilmasi va ijro etuvchi apparati tuzilmasi tasdiqlandi
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


