Buxgalter boʻlmoqchiman — menga oʻrgatishsin
Kimdir donishmand boʻlishni, kimdir kuchli boʻlishni, yana kim mustahkam sogʻliqqa ega boʻlishni istaydi, kimningdur orzusi esa — barhayot goʻzallik. Buni qarangki, xitoyliklar doim ichki xotirjamlikni izlasharkan, fransuzlar — sohibjamol ayollarni, hindistonliklar esa umr boʻyi farovon hayot ketidan quvisharkan. Faqat kompaniyalar direktorlarigina yaxshi buxgalter izlab topishning naqadar muhim ekanini tushunishadi. Xoʻsh, bu kasbni egallashning oʻz bahosi qancha? Maqolamiz aynan shu yoʻnalish boʻyicha bozorda taklif etilayotgan xizmatlar tahliliga bagʻishlanadi
Murojaatlar doimiy e’tiborda
Murojaatlar bilan ishlashning sifatini yanada yaxshilash, samaradorligini oshirish maqsadida Adliya vazirligining rasmiy veb-saytida vazirning virtual qabulxonasi ishga tushirildi
Oʻzbekiston qonunchiligidan erkin onlayn foydalanish imkoniyati
Bizda ajoyib yangilik bor! Ilgari yozganimizdek, NRM.UZ loyihasi doirasida barcha saytga tashrif buyuruvchilar toʻlovsiz va roʻyxatdan oʻtmasdan foydalanishlari mumkin boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining toʻliq bazasini taqdim etamiz! 70 000 dan ortiq hujjatlarni ikki tilda topishingiz mumkin! Bularning barchasi on-line rejimida! Internetga ulangan har qanday qurilmadan foydalanishingiz mumkin!
NHH loyihalari: biznesni yangi qoidalar boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish
Qonun hujjatlarini baholash portalida e’lon qilingan yangi loyiha Prezidentning 28.10.2016 yildagi PQ-2646-son «Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi Qarorini roʻyobga chiqarishga bagʻishlangan
Qanday avtomashinalar tez buziladigan yuklarni tashishi mumkin?
Qonun hujjatlarini baholash tizimi portalida joylashtirilgan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga kiritilgan oʻzgartirishlarni oʻz ichiga olgan (01.08.2014 yildagi 213-son VMQ, keyingi oʻrinlarda – Qoidalar)
«Kamolot» YoIH oʻqish uchun toʻlovlarni yangi qoidalar boʻyicha amalga oshiradi
Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining qarori (roʻyxat raqami 2838, 2016 yil 15 noyabr) bilan yangi Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan va oliy ta’lim muassasalariga toʻlov-kontrakt shakli asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga moddiy yordam koʻrsatish qoidalari tasdiqlandi
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksportchilarida koʻproq valyuta qoladi
Vazirlar Mahkamasining 14.11.2016 yildagi 385-son Qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Depozitariylar oʻrniga endi investitsiya vositachilari
Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktori buyrugʻi (roʻyxat raqami 848-3, 2016 yil 15 noyabr) bilan Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi bilan oʻzaro harakatlari Tartibiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Pul va boshqa ashyolar pochta orqali qanday joʻnatiladi?
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2219-6, 2016 yil 18 noyabr) bilan Pochta aloqasi xizmatini koʻrsatish Qoidalari oʻzgartirildi va ularga qoʻshimchalar kiritildi
Nazorat tartibida ish yuritish – taslim boʻlish istagi boʻlmaganda
Hech qachon taslim boʻlma! – bu koʻp odamlarga hayotda oʻz maqsadiga erishishda yordam beruvchi shior. Nazorat instansiyasida sud ishini yuritish – aynan hech narsaga qaramasdan, oxirigacha borishga qaror qilganlar uchun. Ushbu maqolada nazorat tartibida ishlarni qayta koʻrib chiqish va bu sohadagi yangiliklar haqida soʻz yuritamiz
Kartaga oʻtkazmalarni deklaratsiyada aks ettiring
Yaqinda "Hafta savoli " ruknida e’lon qilingan: «Kartadan kartaga pul oʻtkazish: shartnoma kerakmi, soliq oqibatlari qanday boʻladi?» maqolasi qizgʻin munozaralar markazida qoldi. Shahar soliq boshqarmasining kartadan kartaga pul oʻtkazmalari oluvchilari tomonidan daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya topshirilishi zarurligi toʻgʻrisidagi koʻrsatmasi bunga sabab boʻldi
Xususiy biznes: kiyim doʻkonini qanday ochish mumkin?
Kiyim-kechak savdosi – kichik biznesdagi ommabop yoʻnalishlardan biri. Shu bois oʻz faoliyatini endigina boshlayotgan tadbirkorlarning deyarli barchasi liboslar doʻkonini ochish haqida bir marta boʻlsa ham oʻylab koʻradi. Biznesning ushbu turi oʻta qimmatbaho uskuna yoki tadbirkorning maxsus chuqur bilimlarini talab etmaydi
Qarzdorlar mol-mulkining yagona bazasi tashkil etilmoqda
Shu yil 16 noyabr kuni Adliya vazirligida oʻtkazilgan tadbir “Sud departamentining faoliyati, tizimda zamonaviy axborot-texnologiyalarining tatbiq qilinishi hamda kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar” mavzusiga bagʻishlandi
Tijorat sirini muhofaza qilish boʻyicha amaliy choralar
Avval e’lon qilingan maqolalarda tijorat siri rejimini ta’minlashning huquqiy choralari koʻrib chiqilgan edi. Bu safar esa huquqiy choralar bilan birgalikda yagona tijorat siri rejimini tashkil etuvchi boshqa majburiy choralarni tahlil qilishda davom etamiz
Bekor qilinadigan GOSTlar roʻyxati qisqardi
«Oʻzstandart» agentligi muhokama uchun bekor qilinishi taklif etilayotgan standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlarning roʻyxati loyihasining yangi tahririni e’lon qildi. Hujjat vazirliklar, idoralar, tadbirkorlik sub’yektlarining ilgarigi tahrirga nisbatan fikr-mulohazalari va takliflari inobatga olingan holda ishlab chiqildi
Aromamarketing: qanday ifor daromadni oshiradi?
Savdo hajmini oshirish maqsadida izlanuvchan tadbirkorlar mijozlarni jalb qilishning yangidan-yangi vositalarini oʻylab topishmoqda. Marketingning an’anaviy vizual vositalaridan tashqari sensor marketing deb atalmish turi tobora ommalashmoqda. U odamning barcha 5 ta hissiyot organlari: koʻrish, his etish, eshitish, ta’m va hid bilishni ishga solishga asoslangan
Biznes kuchli himoyaga muhtoj
Yuristlar malakasini oshirish markazida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy markazi va Adliya vazirligi hamkorligida tadbirkorlik faoliyatini aniq va samarali himoya qilishga bagʻishlangan “Biznes va inson huquqlari” mavzusida seminar oʻtkazildi
Sarafan radiosi biznesda qanday “ishlaydi”?
Xorijda sarafan radiosi atamasini keng qoʻllashadi. Bu atamaning qayerdan, qanday kelib chiqqani hali-hanuz noma’lumligicha qolmoqda. Sarafan radiosi ogʻizdan-ogʻizga oʻtuvchi reklamadir: oddiyroq qilib aytganda, mish-mish. Faqat u asoslangan, ijobiy fikr-mulohazalardan iborat boʻladi
Byudjet tashkilotlari uchun hisobotning yangi shakllari tasdiqlandi
Moliya vazirining 8.11.2016 yildagi buyrugʻi bilan (roʻyxat raqami 2837) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari boʻyicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi toʻgʻrisidagi choraklik va yillik yangi hisobot shakllari tasdiqlandi, ilgari amalda boʻlganlari esa oʻz kuchini yoʻqotgan deb topildi
Nimani qadrlashsa, shuni muhofazalashadi: tijorat siri rejimi
Tijorat sirini muhofaza qilish juda murakkab muammo boʻlib, mamlakatimizda yangilik boʻlgani bois amaliyotda u kam qoʻllanilgan. Ushbu materialda – tijorat siri rejimini oʻrnatish haqida
Tijorat sirini qanday himoya qilish mumkin?
Tijorat sirini oshkor boʻlishdan saqlash – murakkab vazifa. Buni qanday uddalash mumkin? Bu haqda – bizning materialimizda
Kadastr boshqarmasidan ma’lumotnomalar olish uchun yangi xizmat
Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi yangi interaktiv xizmatni taqdim etadi. U Yagona portal orqali Toshkent shahrida koʻp qavatli turar-joy (kvartira) va yakka tartibdagi turar-joy shakldagi koʻchmas mulk bilan bogʻliq harakatlarni amalga oshirish uchun zarur ma’lumotnomalarni olishga elektron ariza taqdim etish imkonini beradi
Tijorat siri va davlat organlari
Oʻzining tijorat sirini raqobatchilardan qanday muhofaza qilish mumkinligini barcha biznesmenlar biladi. Biroq hamma har doim ham buning uddasidan chiqa olmaydi. Tijorat sirini davlat organlaridan muhofaza qilish – yanada murakkab va mushkul masala. Va, bu boradagi qiyinchiliklarga nafaqat xorijda, boshqa oʻlkalarda, balki oʻzimizning yurtimizda mahalliy tadbirkorlar ham duch kelishmoqda
Biznes kechayu kunduz onlayn rejimida roʻyxatdan oʻtkaziladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.10.2016 yildagi PQ–2646-son Qarori bilan tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tartibini tubdan takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi tasdiqlandi
NHH loyihalari: “yagona darcha” qanday xizmatlar koʻrsatadi?
Qonun hujjatlarini baholash tizimi portalida e’lon qilingan loyihada Faqat «yagona darcha» tamoyili boʻyicha yagona markazlar orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxatiga tuzatishlar kiritish nazarda tutilgan (28.09.2015 yildagi PQ-2412-son Prezident Qaroriga 2-ilova)
NHH loyihalari: 2017 yil uchun statistika ishlari
Qonun hujjatlarini baholash tizimi portalida Vazirlar Mahkamasining “2017 yil uchun davlat statistika ishlari Dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi
Har bir dorixonada qanday dorilar boʻlishi kerak?
Qonun hujjatlarini baholash tizimi portalida sogʻliqni saqlash vazirining “Dorixonalarda mavjud boʻlishi zarur boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi loyihasi e’lon qilindi
Sudyalar oʻzi kim?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 21.10.2016 yildagi PF–4850-son Farmonida sudyalarning lavozimda boʻlishlarining yangi muddatlarini belgilash taklif etilgan. Endi uchinchi muddatga tayinlangan yoki tanlangan sudyalar oʻz lavozimini muddatsiz egallaydi. Mazkur tartib qayerda va qay tarzda qoʻllanilayotgani haqida yangi sharhimizda tanishishingiz mumkin
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


