Oʻquvchilarning ovqatlanishi jiddiy kuzatib boriladi
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 maydagi 132-son “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bilan qator hujjatlar tasdiqlandi
NHH loyihalari: GMOli mahsulotlar roʻyxatdan oʻtkazilmaydi
Yagona portalda “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida” Qonunga tuzatishlar loyihasi muhokama qilinmoqda
NHH loyihalari: yengil avto uchun yoʻl varaqalarining yangi shakli joriy qilinadi
Yagona portalda yuridik shaxsning xizmat va navbatchi yengil avtomobili yoʻl varaqasini tayyorlash, hisobga olish va toʻldirish boʻyicha yoʻriqnoma loyihasi muhokama uchun ochildi
Akkreditatsiyalanadigan ta’lim muassasalarining roʻyxati kengaytirildi
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 maydagi 136-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 21-son qarori bilan tasdiqlangan) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Abitur.uz skretch-kartalari endi gazeta kioskalarida
Abitur.uz loyihasi (ilgari – “Mening shahrim. Ta’lim”) oliy oʻquv yurtlari, litsey va kollejlarga oʻqishga kiruvchilar uchun elektron testlar xarid qilish mumkin boʻlgan savdo shoxobchalari sonini oshirayotir
Pensiya jamgʻarmasi xatolari: qaysilariga yoʻl qoʻyiladi, qaysilariga esa yoʻq
Pensiya jamgʻarmasi qarorining qonuniyligini aniqlashda Pensiya jamgʻarmasi xodimlarining aynan qaysi xatolari pensiyadan qonuniy chegirmalarga, qaysilari esa faqat noqonuniy chegirmalarga olib kelishini tushunish zarur. Sharhimizda shu haqda batafsil soʻz yuritamiz
Maktabning metodik kengashi vazifalari nizomda mustahkamlandi
Xalq ta’limi vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 3 mayda 2781-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Umumiy oʻrta ta’lim muassasasining metodik kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi
Kasb-hunar kollejlarida imtihonlar tartibi oʻzgaradi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining qoʻshma qarori bilan Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Qanday priborlar qiyoslashdan oʻtkaziladi
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 4 mayda 2782-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Tekshiruvdan (qiyoslashdan) oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxati tasdiqlandi
Ish haqini hisoblashda kim yordam beradi?
Deyarli har bir buxgalter oyda ikki marta firma, kompaniya, korxona... xodimlari uchun boʻnak va ish haqi hisob-kitobi bilan shugʻullanadi. Bunda odatda tajriba, bilim, schyotlar, kalkulyator, maxsus kompyuter dasturlari yordam beradi. Biroq yana bitta dastak bor, u haqda hali koʻpchilik bilmaydi
Debitorlik qarzi: undirish mumkin emas, kechib yuborilsin!
Amaliyotda tadbirkorlarning oʻzaro munosabatlarida dilemma yuzaga kelishi mumkin: korxonada debitorlik qarzi vujudga keldi, bunda qarzdor strategik biznes hamkor hisoblanadi, u bilan “munosabatlarni buzish” iqtisodiy va e’tibor nuqtai nazaridan nihoyatda manfaatsizdir
Eski uskunani olib kirganlik uchun javobgarlik
25.04.2016 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-405-son Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazadigan bitimlarni tuzganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy qilinadi
AJ oʻz aksiyalarini yangi qoidalar boʻyicha joylashtiradi
25.04.2016 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-405-son Qonun bilan «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunga (26.04.1996 yildagi 223–I-son) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi
Bank xabarlari: saytning yangi versiyasi, firibgarlar va soliq toʻlovlari
Markaziy bank oʻz rasmiy saytini yangiladi, Oriyent finans bank qanday qilib firibgarlar tuzogʻiga ilinmaslik haqida eslatma taqdim qildi, KDB 1 iyundan boshlab soliq toʻlovlari qanday amalga oshirilishi toʻgʻrisida xabar berdi – bu va boshqa voqealar haqida 2016 yil aprel oyida vatanimiz banklari ma’lumot berishdi
TDYuU talabalarining bilimlarini baholash tartibi belgilandi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi hamda Adliya vazirligining qoʻshma qarori bilan Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqitishning modul tizimi sharoitlarida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Masofaviy ish haqida 7 ta yuridik savol
AKTning keng rivojlanishi jumladan mehnat munosabatlari sohasidagi odamlar uchun ham qoʻshimcha imkoniyatlarni ochdi. Bugun nafaqat kompaniya ofisi, balki mintaqa, hatto respublika tashqarisida turib ham ishlashga hech narsa monelik qilmaydi. Bizning sharhimizda – masofaviy rejimdagi mehnat munosabatlarida nazarimizda eng muhim boʻlgan nozik jihatlar va bu mavzu boʻyicha amaliy tavsiyalar
“Mahalla” fondi yetim bolalarga bir martalik nafaqa toʻlaydi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat vazirligi, Xalq ta’limi vazirligining qoʻshma qarori bilan Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, toʻliq davlat ta’minotida boʻlmagan, oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarini «Mahalla» hayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Toshkentda yuzdan ortiq mahallalar qayta nomlandi
Toshkent shahar hokimi “Toshkent shahridagi ba’zi geografik ob’yektlar nomlarini tartibga keltirish toʻgʻrisida” qarorni imzoladi. Shunday qilib, poytaxtning ba’zi mahallalari yangi nomga ega boʻldi
NHH loyihalari: Ma’muriy tartib-taomillar toʻgʻrisida Qonun
Yagona portalda “Ma’muriy tartib-taomillar toʻgʻrisida” Qonun loyihasi muhokama jarayonida
Kadrlar boʻyicha ish yuritish yuzasidan navbatdagi kurs oʻzbek tilida oʻtkaziladi
Agar siz tashkilotda kadrlar bilan ishlash uchun javobgar boʻlsangiz, bizning 10 kunlik kursimiz siz uchun maxsus tayyorlangan!
Asbob-uskuna va asosiy vositalar amortizatsiyasini hisobga olish boʻyicha 5 ta javob
Har qanday moddiy boyliklar eskiradi. Ular sinishi, ta’mirlash talab etilishi, arzonlashtirilishi yoki umuman qadrsizlanishi mumkin. Korxona balansida asbob-uskuna va asosiy vositalar boʻlganda buxgalter ushbu barcha jarayonlarni qanday hisobga oladi? “Javob beramiz!” Ma’lumot xizmatidan ekspert tavsiyalarining navbatdagi mavzuga doir toʻplami mazkur masalaga bagʻishlanadi.
Reklamada sotuvchining ma’lumotlarini koʻrsating
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qarori (AV tomonidan 11.04.2016 yilda 1024-8-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Reklamani joylashtirish toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritildi
Omuxta yemlar va veterinariya dorilarini tayyorlaydiganlar uchun imtiyozlar
Vazirlar Mahkamasining 12.04.2016 yildagi 110-son Qarori bilan omuxta yemlar va veterinariya dorilarini tayyorlaydigan, koʻchatlar va tomchilatib sugʻorish uchun uskunalar olib keladigan sub’yektlar olib kelinadigan uskunalar va dorilar uchun bojxona toʻlovlaridan ozod qilindi
YaITni oyma-oy qoʻshimcha hisoblaymiz
Soliq kodeksidagi oʻzgartirishlar (31.12.2015 yildagi OʻRQ-398-son) munosabati bilan Xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondining eng kam me’yorlari joriy etilishini hisobga olgan holda soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga tuzatishlar kiritildi
Ajralgandan keyin propiska bekor qilinadi
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 25.04.2016 yildagi OʻRQ-405-son Qonun bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar – Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining Roʻyxati 5-bandiga qoʻshimcha kiritildi
NHH loyihalari: elektron soliq hisoboti
Davlat portalida Davlat soliq qoʻmitasining “Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida taqdim etish tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda
Auditorlarni sertifikatlash tartibini oʻzgartirish rejalashtirilmoqda
Davlat portalida moliya vazirining Auditor malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi buyrugʻi loyihasi muhokama qilinmoqda
Bank tashkil etayotgan norezident mablagʻlarning manbalarini tasdiqlashi kerak
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 18 aprelda 2014-11-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


