Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi alifboga oʻtishda banknot va tangalarni almashtirishga toʻgʻri kelmaydi Doimiy va vaqtinchalik farqlar: foyda soligʻiga ta’siri Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Audit» platformasini yangiladi Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Audit» platformasini yangiladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
10.02.22

Chorvachilik davlat tomonidan qanday qoʻllab-quvvatlanadi

Chorvachilik xoʻjaliklariga goʻsht uchun realizatsiya qilingan yirik va mayda shoxli qoramollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun subsidiyaning miqdori 2 000 soʻmdan 4 000 soʻmga hamda sutning har bir litri uchun 200 soʻmdan 400 soʻmga oshirildi.

09.02.22

OTB Oʻzbekiston moliya bozorini rivojlantirish uchun mablagʻlar ajratadi

Respublika byudjetining xarajatlarini moliyalashtirish uchun jami $100 mln yoʻnaltiriladi, birinchi transh - $20 mln.

09.02.22

Chorvachilikni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi

2022 yilda bu sohaga Jahon bankining $300 mln miqdoridagi kredit mablagʻlarini jalb etish rejalashtirilmoqda.

08.02.22

Elektr energetika sektori transformatsiya qilinadi

Buning uchun Jahon banki tomonidan imtiyozli kreditlar hamda grant mablagʻlari ajratildi.

08.02.22

“Boysun bahori” festivali aprelda oʻtkaziladi

2022 yildan boshlab u har ikki yilda bir marta aprel oyida Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida oʻtkaziladi.

08.02.22

Xalq ta’limi tizimi isloh qilinadi

Xalq ta’limi tizimini isloh qilish boʻyicha milliy kengash tashkil etiladi, uning vazifalari orasida - oʻqituvchi kasbining maqomi va obroʻsini koʻtarish, oʻqituvchilarning moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishini ta’minlash, samarali mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish.

07.02.22

Ichki yoʻllarning ta’mirlanishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi

Avtomobil yoʻllari sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari belgilandi.

07.02.22

Poytaxt jamoat transporti tizimi qanday rivojlantiriladi

Boshqalar qatorida, jamoat transporti harakatiga ustuvorlik berish uchun chorraha va koʻchalarni qayta loyihalashtirish nazarda tutilgan.

07.02.22

Chirchiqda kimyo-industrial texnoparki tashkil etiladi

U Toshkent viloyati hokimligi, "Oʻzkimyosanoat" AJ va Tatariston Respublikasi Prezidenti ma’muriyati bilan kelishuvlar doirasida tashkil etiladi.

07.02.22

Professional ta’lim sohasiga - $162 mln

Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlarini jalb qilish orqali “Zamonaviy iqtisodiyot uchun koʻnikmalarni rivojlantirish” loyihasi amalga oshiriladi.

06.02.22

Intellektual mulkka boʻlgan huquqlarni buzganlik uchun jarimalar joriy etildi

Jumladan, tovarni boshqa shaxsning ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulda tayyorlaydigan shaxslarga BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima solinadi.

04.02.22

“Yosh gvardiyachilar” bolalar va oʻsmirlar sport maktablari tashkil qilinmoqda

Ularning maqsadi - yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni sogʻlom turmush tarziga targʻib etish va sport bilan muntazam ravishda shugʻullanishlarini tashkil etish.

04.02.22

Oʻquvchilar musiqa cholgʻularida kuy ijro etishga oʻrgatiladi

Yuridik shaxslar foyda soligʻi hamda aylanmadan soliqni hisoblashda soliq solinadigan bazani oʻz xodimlari va ularning oila a’zolari uchun ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga kamaytiradi.

03.02.22

Bojxona kodeksi: nimalar oʻzgardi

Oʻzgartirishlar tovarlarni bojxona rejimiga joylashtirish, bojxona deklaratsiyasini taqdim etish, jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarning notijorat maqsadlarda qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajda olib oʻtilishi qoidalariga tegishli.

03.02.22

Koʻp kvartirali uylar qanday boshqariladi

Koʻp kvartirali uylarni boshqarishni takomillashtirish va kommunal xizmatlar koʻrsatishni yanada yaxshilashga yoʻnaltirilgan bir qator nizomlar qabul qilindi.

03.02.22

Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari kafolatlari kuchaytirilmoqda

Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisida qator qonunlar ma’qullandi.

02.02.22

Barakalla, “Norma” mezoni “yashil” rangda!

“Norma” MChJ hamkorlari va mijozlari uchun xushxabar: uning soliq uzilishi koeffitsiyenti “yashil” rangga qadar pasaydi. Vaziyatni “Nalogoviye i tamojenniye vesti” haftaligi bosh muharriri Mixail PERPER sharhlaydi.

02.02.22

Qurilish sohasida elektron tender joriy etildi

Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

02.02.22

Fuqarolarning tashabbusli byudjetini toʻplash jarayoni boshlandi

Mavjud muammolarni bartaraf etish uchun hududlarda 1 trln soʻm ortiq mablagʻlar yoʻnaltiriladi.

02.02.22

Urugʻchilik: sohani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha navbatdagi choralar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi vegetatsiya davrida urugʻlik yetishtiruvchi sub’yektlar faoliyati monitoringini yuritadi.

01.02.22

1 Fevraldan nimalar oʻzgardi

norma.uz portali 2022 yil 1 fevraldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.

01.02.22

Ishni sudga qadar yuritishda elektron hamkorlik tizimi joriy etiladi

Uning vazifalaridan biri - jinoiy harakatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zararni qoplash choralarini koʻrish maqsadida gumon qilinuvchi, ayblanuvchining mol-mulkini xatlash mexanizmini AKTdan foydalangan holda amalga oshirish.

01.02.22

2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi

U besh bosqichda amalga oshiriladi, ularning har biri muayyan maqsadlarga erishishga qaratilgan. Ijtimoiy nafaqalar toʻlash, soliq imtiyozlari, ta’limni yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini tibbiy xizmat bilan qamrab olish va boshqalar shular jumlasidandir.

31.01.22

Ma’muriy sudlar qarorlarini ijro etmaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ish boʻyicha hal qiluv qarorining takroran ijro qilinmaganligi uchun davlat organlari yoki tashkilotlarining mansabdor shaxslariga nisbatan jarima oshirilgan miqdorda solinadi.

31.01.22

Xizmatlar sohasi hududlarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib rivojlantiriladi

Shaharlarda aholi gavjum boʻlgan koʻchalar savdo, xizmat koʻrsatish, sayilgoh va koʻngilochar koʻchalarga aylantiriladi, ayrim tadbirkorlik sohalariga qator imtiyoz va preferensiyalar beriladi.

31.01.22

1 martdan kompensatsiya toʻlovi barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga toʻlanadi

Yoshi 100 ga toʻlgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda - pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100%i miqdorida qoʻshimcha toʻlov belgilanadi.

31.01.22

«Grand Mir» mehmonxonasi ortidagi yer uchastkasi taqdiri Oliy sud tomonidan hal etiladi

Mirobod koʻchasidagi «Bogʻsaroy» mahallasidagi yer uchastkasi muammosiga yana bir nazar solsak. U yerda quruvchi «MASTER BULDING CAPITAL» MChJ restavratsiya qilmoqchi boʻlgan binosini buzib tashlagan, endi esa boʻshab qolgan yer uchastkasiga oʻzboshimchalik bilan ega chiqqan holda bolalar bogʻchasiga va ikkita koʻp qavatli uy-joyga xavf soladigan darajada yaqin masofada toʻqqiz qavatli tijorat binolarini qurmoqchi boʻlib tumanda yashovchilar bilan sudlashmoqda.

28.01.22

Parranda goʻshti yetishtirish uchun subsidiyalar miqdori oshirildi

Parrandachilik tarmogʻini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.