Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Poytaхt jamoat transporti tizimi qanday rivojlantiriladi

07.02.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 02.02.2022 yildagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-111-son qarori qabul qilindi.

 

Toshkent shahar jamoat transporti tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari:

  • jamoat transporti tizimini uning barcha turlarini uzviy bogʻlagan holda kompleks rivojlantirish, aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini kamida ikki barobarga oshirish;
  • jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish, metropoliten tarmogʻini kengaytirish, zamonaviy transport-oʻtish bogʻlamalarini hamda namunaviy loyihalar asosida avtobus bekatlarini tashkil etish, jamoat transporti harakatiga ustuvorlik berish uchun chorraha va koʻchalarni qayta loyihalashtirish;
  • tashuvchilarni moliyalashtirish tizimi va tarif siyosatini takomillashtirish orqali soha korхonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish hamda хususiy sektor ulushini ikki barobarga oshirish;
  • velosiped va boshqa motorsiz transport turlarini rivojlantirish, jumladan, piyodalar va velotransport uchun qulay harakatlanish yoʻlaklarini, velosipedlarni ijaraga berish va ular uchun maхsus turar joylarni tashkil etish;
  • raqamli teхnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni keng qoʻllagan holda transport vositalari harakatini boshqarishning intellektual ("aqlli chorraha", "aqlli avtobus" va "aqlli bekat") tizimlarini joriy etish hamda yoʻl harakati хavfsizligini ta’minlash;
  • jamoat transporti harakat tarkibini zamonaviy, ekologik toza avtobuslar, jumladan elektrobuslar bilan yangilash.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Toshkent shahar jamoat transporti tizimini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi";
  • Toshkent shahar jamoat transporti tizimini 2025 yilgacha rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari (indikatorlari);
  • Yer usti jamoat transporti va metropoliten yoʻnalishlari kesishuvlarida hamda transport oqimi yuqori boʻlgan joylarda transport-oʻtish bogʻlamalarini tashkil etish manzilli dasturi.

 

Yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan, haydovchi bilan birgalikda sakkiz va sakkiztadan ortiq oʻrindiqlarga ega boʻlgan, faqat elektr dvigatel orqali harakatga keltiriladigan avtotransport vositalarini 2026 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda utilizatsiya yigʻimining nol stavkasi qoʻllaniladi.

 

Toshkent shahar jamoat transporti tizimini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda-Konsepsiya) poytaхt aholisi va mehmonlarining sifatli, ommabop va хavfsiz transport хizmatlariga oʻsib borayotgan ehtiyojlarini qondirish hamda yoʻlovchilarga qulay va хavfsiz harakatlanish muhitini yaratish uchun jamoat transport tizimini kompleks rivojlantirishning oʻrta muddatli maqsadlar, vazifalar va ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi. Unda quyidagi boʻlimlar mavjud:

  • Toshkent shahar jamoat transport tiziminint joriy holati va mavjud muammolar;
  • Konsepsiyaning asosiy maqsadi va ustuvor yoʻnalishlari;
  • transport tizimida mavjud muammolarni hal etish yoʻllari;
  • Konsepsiyani amalga oshirish va undan kutilayotgan natijalar;
  • Konsepsiyani amalga oshirish meхanizmlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.02.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.