Qaysi tibbiy mahsulotga QQS boʻyicha imtiyoz tatbiq etilmaydi
Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida SKning 211-modda 6-xatboshida koʻzda tutilgan Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqarish uchun moʻljallangan import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan xom ashyolar roʻyxati yangi tahririning loyihasi e’lon qilindi
MAK qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tashish tariflarini pasaytirdi
Joriy yilning 7 iyunidan «Oʻzbekiston havo yoʻllari» MAK Toshkent-Dubay/Sharja va Navoiy-Al-Maktum yoʻnalishlari boʻyicha qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tashish tariflarini pasaytirdi
GM Uzbekistan saytida «Mijozlar uchun xizmatlar» boʻlimi yoʻlga qoʻyildi
«GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy saytida yangi «Mijozlar uchun xizmatlar» boʻlimi ochildi. Quyida — qanday xizmatlar hozirda mavjud ekani haqida
Xususiy klinikalar zimmasiga kam ta’minlangan va yana 8 toifadagi fuqarolarni bepul davolash yuklatiladi
Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining «Soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar hisobidan xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatishning tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi Qarori loyihasi e’lon qilindi
Davlat-xususiy sherikligi 16 ta sohada amalga oshiriladi
Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida Adliya Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Davlat-xususiy sherikligi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi
«Norma» nashriyotidan yangiliklar
«NORMA» gazetasi kutubxonasi» seriyasidagi ma’lumotnoma qoʻllanmalar chop etildi. Bu ikki tomlik «3 000 ta buxgalterlik provodkalar» hamda «kadrchi»ning eng zarur kitobi — «Mehnat daftarchalarini yuritish amaliyoti»dir. Nashrlarda qonunchilikdagi barcha soʻnggi oʻzgarishlar inobatga olingan
MJtKda oltita huquqbuzarlik boʻyicha sanksiyalar oshiriladi
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgarishlar va qoʻshimchalar loyihalari Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida e’lon qilindi
Poytaxtimizda «Yashnobod» innovatsion texnoparki yaratildi
Prezident tomonidan tegishli Farmonga 5.06.2017 yil PF–5068-son bilan imzo chekilgani haqida mamlakatimiz rahbarining rasmiy sayti xabar tarqatdi
Oʻzining tovarlarini yetkazish uchun litsenziya kerak emas
Mijozlarga oʻz tovarlarini yetkazib berishda tashkilotlardan tashish uchun litsenziya talab etishadi. «Nalogoviye i tamojenniye vesti» gazetasining maxsus maqolasida tajribali mutaxassislar bunday talabning nima uchun nooʻrin ekanini tushuntirib berishdi
FVVga Mudofaa vazirligi zaxirasidagilar chaqiriladi
Prezidentning 2.06.2017 yildagi PQ–3029-son «Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy tadbirlar toʻgʻrisida»gi Qarori e’lon qilindi. Bu haqda mamlakatimiz rahbarining rasmiy saytida xabar tarqatdi
GES qurishga xorijiy mutaxassislar jalb etiladi
Prezidentning 18.05.2017 yildagi PQ–2972-son Qarori bilan «Oʻzbekgidroenergo» AJning tashkiliy tuzilmasi va ijro apparati tuzilmasi ma’qullandi hamda uning kuzatuv kengashi tuzildi
Sportchi – shtatdagi lavozim, bolalarni – sport toʻgaraklariga
Prezident 3.06.2017 yilda «Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarorni imzoladi
Mudofaa vazirligi oliygohlariga – yagona tanlov asosida
Vazirlar Mahkamasining 26.05.2017 yildagi 320-son Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda - OHTM) tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Oliy sud kengashi a’zolari imtiyozli ipotekaga ega boʻladi
Prezidentning 4.05.2017 yildagi PQ–2951-son «Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash toʻgʻrisida»gi Qarori e’lon qilindi
Rossiya oliygohlari filiallari 355 nafar talabani qabul qiladi
Vazirlar Mahkamasining 26.05.2017 yildagi 319-son Qarori hamda 31.05.2017 yildagi 325-son Qarori bilan I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkentdagi filiali hamda M.V.Lomonosov nomidagi MDUning Toshkentdagi filialiga 2017/2018 oʻquv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi
Jismoniy tarbiya mutaxassislari qayerda malaka oshiradilar
2017 yil 31 mayda Vazirlar Mahkamasining 329-son “Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi
Poytaxtimiz akvaparklari - 2017: korporativ va shaxsiy hordiq chiqarish
Suv attraksionlari yosh oilalar va bolalar uchun oʻta ommalashgan hordiq chiqarish turi boʻlish bilan birga turli kompaniyalar xodimlarini ham oʻziga jalb etadi. Chunki akvaparklarda korporativ tadbirlar oʻtkazish yoki xodimlar hordiq chiqarishi uchun chiptalarni ulgurji xarid qilish mumkin
Konstitutsiyaviy sudga yangi vakolatlar berildi
31.05.2017 yildagi OʻRQ–430-son Qonun bilan Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritildi, shuningdek «Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida» Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Hujjatlar «Xalq soʻzi» gazetasida e’lon qilindi
Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish 25% qimmatlashadi
Prezidentning 31.05.2017 yildagi PF-5065-son Farmoniga muvofiq yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari qabul qilindi
FVV tuzilmasida oʻzgarishlar roʻy berdi
Prezidentning 1.06.2017 yildagi «Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni OʻzAda joylashtirildi
OʻzRTXB yangi «D-Xarid» mobil ilovani ishga tushirdi
Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasining saytida qayd qilinishicha, ilova elektron davlat xaridlari tizimida yetkazib beruvchilar sonining ortishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan
Deputatlar Davlat byudjeti ijrosini koʻrib chiqdilar
1 iyun kuni boʻlib oʻtgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar moliya vaziri tomonidan taqdim etilgan Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2016 yildagi hamda joriy yilning I choragidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqdilar
Ta’til, yoʻllanma, sanatoriy
Oʻzbekiston sanatoriylarida yoʻllanmalar boʻyicha dam olish yildan-yilga ommaviylashib bormoqda. Chunki ularda ham salomatlikni tiklash, ham yaxshilab hordiq chiqarib olish mumkin. Qator sanatoriylarda dam oluvchilar uchun qiziqarli madaniy dasturlar havola etiladi
Siyosiy boshpana berish tartibi belgilandi
Prezident oʻzining 29.05.2017 yildagi PF–5060-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi, deb xabar beradi davlat rahbarining rasmiy sayti
Tabiiy monopoliyalar roʻyxatiga tuzatishlar kiritiladi
QHTBT portalida «Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida»gi Qonunga tuzatishlar loyihasi muhokama qilinmoqda
1 iyundan NORMAl gazetalarga imtiyozli obuna davri boshlanadi
«Norma» gazetalari birlashgan tahririyati 2018 yilgi obuna kampaniyasini yoʻlga qoʻymoqda. 1 iyundan 31 avgustgacha boʻlgan davr ichida obunani rasmiylashtirganlarning barchasi aksiya ishtirokchilariga aylanadi. Dastlabki obunachilarni qanday bonus va imtiyozlar kutmoqda? Maqolamiz shu haqda
Majburiy ijro byurosiga gaz hisoblagichlarini tekshirish uchun koʻchma laboratoriyalar beriladi
Prezident 30.05.2017 yildagi PQ–3016-son «Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi Qarorni imzoladi
Pasportlarni hisobga olish va yoʻq qilish kim tomonidan amalga oshiriladi?
Prezidentning 30.05.2017 yildagi PF-5061-son Farmoni bilan Oʻzbekiston fuqarolarining biometrik pasportlari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning biometrik harakatlanish hujjatlarini hisobga olish va yoʻq qilish tartibi belgilandi
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


