Bank sirini oshkor etganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash rejalashtirilmoqda
Tegishli qonun loyihasi Markaziy bank tomonidan ishlab chiqildi.
“Mahalla yettiligi” vakillari har chorakda fuqarolar oldida hisobot beradi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan mahallalar faoliyatini tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlar tasdiqlandi.
Yangi hosildan bugʻdoy qanday xarid qilinadi
2024 yil hosilidan sugʻoriladigan maydonlarning har gektaridan oʻrtacha 2,5 tonnadan jami 2 mln 550 ming tonna bugʻdoy yigʻib olish rejalashtirilmoqda.
Byudjet tizimi hisobidan bajarilgan qurilish-montaj ishlari topshirilganda taqdim etiladigan hisobvaraq-faktura shakli tasdiqlandi
Mazkur shakl 2024 yil 1 oktyabrdan taqdim etiladi.
Markaziy bankning asosiy stavkasi 14 foiz darajasida saqlanib qoldi
Markaziy bank kengashi pul-kredit shartlarini nisbatan qat’iy bosqichda saqlashga qaror qildi. Bu energiya tariflari oʻzgarishining inflyatsion kutilmalariga ta’sirini cheklashga yordam beradi.
Oʻzbekiston MDH davlatlari bilan sud ekspertizasi sohasida hamkorlik qiladi
Ob’yektiv ilmiy asoslangan ekspertizalar va ekspert tadqiqotlari orqali fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda oʻz davlatlari manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan xalqaro shartnoma tasdiqlandi.
Ayrim bino va inshootlarni roʻyxatga olish va topshirish muddati oʻzgarmoqda
Talab dastlabki ruxsatsiz qurilgan binolaraga tegishli.
Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida»gi Qonunning ijrosi qanday tashkil etiladi
2024 yil yakuniga qadar «E-anticor.uz» elektron platformasida manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq holatlarni aniqlash imkonini beruvchi modul ishga tushiriladi.
Sudlarda tergov sudyasi lavozimi kiritilmoqda
2025 yil 1 yanvardan boshlab ular jinoyat ishlari boʻyicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasini koʻrib chiqishadi.
Yashil korporativ obligatsiyalar qanday chiqariladi
Qimmatli qogʻozlar emissiyasi qoidalariga qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Qurbon hayiti 16 iyunda nishonlanadi
Prezident tomonidan “Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi nima bilan shugʻullanadi
Inspeksiya Bosh prokurorga hamda Bosh prokuror oʻrinbosariga boʻysunuv va hisobdorlik asosida faoliyat koʻrsatadi.
“Manfaatlar toʻqnashuvi” toʻgʻrisidagi Qonun qabul qilindi
Oʻzbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bu sohadagi maxsus vakolatli davlat organidir.
Tovarning kelib chiqishi sertifikatini kim beradi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tovarning kelib chiqishi sertifikatini beruvchi vakolatli organ belgilangan. Ushbu organ -«Oʻzbekekspertiza» AJ.
Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solishda nimalar oʻzgardi
Joriy yilning 1 oktyabridan boshlab iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda qoʻshimcha litsenziya talablari joriy etiladi.
“Tirik tarix” filmlar turkumi yaratiladi
Tadbirkorlik sub’yektlariga har bir tumanda (shaharda) kinoteatrlar va tarkibida kinozallari soni ikkitadan kam boʻlmagan SKM qurish uchun yerlar bepul asosda ajratiladi.
Media-mahsulotlardan foydalanish ustidan nazorat kuchaytiriladi
Oʻzbekiston Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro konvensiyaga qoʻshildi.
Patentlangan ob’yektlardan noqonuniy foydalanish qisqartiriladi
Oʻzbekiston Sanoat namunalarini xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Gaaga bitimining Jeneva aktiga qoʻshildi.
“Yashil” iqtisodiyotga oʻtishda milliy shaffoflik qanday ta’minlanadi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Milliy shaffoflik tizimining milliy organi hisoblanadi va uning vazifalari orasida – iqtisodiyot tarmoqlarida issiqxona gazlari ajratmalari qisqartirilishini muvofiqlashtirish va tartibga solish yoʻnalishi bor.
Advokat stajyori oʻrindoshlik asosida ishlashi mumkin
Ayni bir shaxs bir vaqtning oʻzida bir necha mutasaddi-advokatlarning yordamchisi boʻlishi mumkin.
Dorilarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bekor qilinmoqda
Shuningdek, yuridik shaxslarga ayrim prekursorlarni ishlab chiqarish huquqi berilmoqda.
Davlat raqamli texnologiyalar sohasidagi startaplarni qoʻllab-quvvatlaydi
2024 yil 1 iyuldan boshlab ularga 1 milliard soʻmgacha grantlarni ajratish tizimi joriy etiladi.
Milliy qonunchilik JST kelishuvlariga muvofiqlashtiriladi
Xususan, ayrim korxonalarning eksklyuziv huquqlari bekor qilindi.
Badiiy tarjima sohasida xalqaro mukofot ta’sis etildi
Gʻoliblar maxsus diplom, koʻkrak nishoni va BHMning 300 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan shaxslarga qarab turishning holati toʻgʻrisida ma’lumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish reglamenti ishlab chiqildi
U umrbod ta’minlash sharti bilan uy-joyni (kvartirani) boshqa shaxsga berish shartnomasi asosida oʻzga shaxslarga qarab turish munosabatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Soliq organlari kontrafakt holatlar boʻyicha tadbirkorlik sub’yektlarini xabardor qilmasdan tekshiruvlar oʻtkazadi
Shuningdek, tamaki va pivo mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun BHMning 10 % miqdoridagi har oylik yigʻim joriy etilmoqda.
Monumental yodgorliklarni oʻrnatish tartibi oʻzgartirildi
Ekspertlar komissiyasi tuziladi, uning vazifalari jumlasiga davlat ahamiyatiga molik monumental yodgorliklarni oʻrnatish, olib tashlash (koʻchirish) toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqish va ularning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida asoslantirilgan takliflar tayyorlash va xulosalar berish kiradi.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat qanday koʻrsatiladi
Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlariga joylashtirish hamda ularga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Tibbiyot xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi
2030 yil 1 yanvardan boshlab faqat tegishli ixtisoslik boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan mutaxassislar tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi. 19.10.2026 yildagi VMQ 577-son qarori bilan maxsus imtihonlar oʻtkazish, besh yil muddatga elektron guvohnomalar berishni nazarda tutuvchi roʻyxatdan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


