Bank tashkil etayotgan norezident mablagʻlarning manbalarini tasdiqlashi kerak
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 18 aprelda 2014-11-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Fermerlarga yer yangi tartibda beriladi
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi bilan Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Mikrokredit tashkilotlarini litsenziyalash tartibi oʻzgardi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 18 aprelda 2093-7-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritildi
Tugatilgan banklar haqidagi axborot MB saytida e’lon qilinadi
Markaziy bank boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 18.04.2016 yilda 626-5-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Banklarni tugatish tartibi toʻgʻrisida nizomga qoʻshimcha kiritildi.
Muassisning koʻchmas mulki va mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazish: muammo bor
Oʻz shaxsiy koʻchmas mulkini yuridik shaxs ustav fondiga kiritgan holda har bir muassis uni qaytarib olish imkoniyatiga ega boʻlishni xohlaydi. Qonunchilik bunga koʻmak beradi va xususiy mulk huquqini himoya qiladi. Biroq koʻchmas mulkka mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazish sohasida qonunchilikning oʻzgarishi, afsuski, bu amaliyotda noqulay aks etdi
Haqiqiy emas bitim: sabablari va oqibatlari
Har kuni fuqarolik munosabatlari ishtirokchilari oʻrtasida turli xildagi talay bitimlar tuziladi. Va, shartnomaviy munosabatlarga kirishgan holda hamma muayyan huquqiy oqibatlar barpo etishga intiladi. Bunda istalgan natijaga erishmaslik xatari mavjud, shu jumladan agar taraflar oʻrtasida tuzilgan bitim haqiqiy emas boʻlsa
Sud ishi: da’voga shoshildi va yutqazdi
Sud instansiyalariga murojaat qilishda hamma ham qonunchilikning ayrim shartlari va talablariga diqqat bilan qaramaydi, bu esa vaqt va moliyaviy vositalar bekor sarflanishiga sabab boʻladi
Biznesni huquqiy ta’minlash. Nimadan boshlash kerak?
Hozir yuridik xizmat koʻrsatish faoliyat yoʻnalishi sifatida ommaviylashmoqda. Biroq yuridik oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari, yosh mutaxassislarda bu toʻgʻrisida aniq tasavvur yoʻq. Bizning sharhimizda – bu sohada ishning ilk bosqichlarida qoʻyilishi lozim boʻlgan qadamlar xususida
DBQ amaldagi bojxona brokerlari roʻyxatini e’lon qildi
Roʻyxatga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining yangi tahriri kuchga kirgandan soʻng qayta roʻyxatdan oʻtgan tashkilotlar kiritilgan
Pedagoglar uchun attestatsiyadan oʻtkazish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 apreldagi 107-son qarori bilan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
BYuD: ayrim rejimlarning oʻziga xos xususiyatlari
Davlat bojxona qoʻmitasi Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqladi. Uning ayrim qoidalarini ekspertimiz tushuntiradi
DSQning barcha xizmatlari bir portalda
“Elektron soliq xizmatlari” portali soliq solish sohasida interaktiv xizmatlarni taqdim qilish uchun “Soliq” axborot tizimi kompleksini integratsiya qilish boʻyicha loyiha doirasida ishlab chiqildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining vazifalari kengaytirildi
Vazirlar Mahkamasining 14.04.2016 yildagi 113-son qarori bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi
Xususiy pansionatlar qanday xizmatlar koʻrsatishi mumkin
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 12 aprelda 2777-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Keksalarni sogʻlomlashtirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha nodavlat pansionatlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarning namunaviy roʻyxati tasdiqlandi
Prinsipalning kreditga layoqatliligi tasnifni oʻzgartirdi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 13 aprelda 2364-2-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Bojxona uchun hujjatlar va hisobotlarning yangi shakllari tasdiqlandi
Davlat bojxona qoʻmitasining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 12 aprelda 2778-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Bojxona ishi sohasida qoʻllaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlar shakllari tasdiqlandi
Urush faxriylariga mukofot toʻlanadi
Prezidentning 18.04.2016 yildagi Farmoni bilan 9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni oʻtkazilishi, shuningdek, 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan Gʻalabaning 71 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlariga respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan 800 ming soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi
BYuDni toʻldirish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi
Davlat bojxona qoʻmitasining qarori (AV tomonidan 6.04.2016 yilda 2773-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi
Byudjet tizimiga toʻlovlarni toʻlash tartibi belgilandi
MV, DSQ va DBQning qoʻshma qarori (AV tomonidan 30.03.2016 yilda 2771-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma tasdiqlandi
Avtotransportda meva-sabzavotlarni eksport qilish uchun yuk tashishga litsenziya boʻlishi kerak
Vazirlar Mahkamasining 1.04.2016 yildagi 100-son Qarori bilan Vazirlar Mahkamasining «Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 2015 yil 28 avgustdagi 249-son qaroriga qoʻshimcha kiritildi
“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” Qonun yangi tahrirda qabul qilindi
13.04.2016 yildagi OʻRQ-404-son Qonun bilan “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” Qonunga (30.08.1996 yildagi 279-son) oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi, uning yangi tahriri tasdiqlandi
Sport federatsiyalari va uyushmalari bir reyestrda boʻladi
Madaniyat va sport ishlari vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 8 aprelda 2776-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini yuritish va undan ma’lumotlar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Musiqa va san’at maktablarida oʻqiydigan bolalar uchun imtiyozlarga tuzatishlar kiritildi
Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining qoʻshma qarori bilan Ota-onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va san’at maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Chegara orqali oʻtkazish punktlarining ishlash qoidalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 28.03.2016 yildagi 89-son Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Kesilgan daraxt uchun javobgarlikdan qocholmaysan
Soʻnggi yillarda mamlakatimiz aholisi koʻpincha daraxtlarga shikast yetkazish va ularni kesish ustidan shikoyat qilishayotir. Bunday murojaatlarni vakolatli ixtisoslashtirilgan organlarga berish juda muhim. Bizning materialimizda – oddiy poytaxtlikning ijobiy tajribasi xususida
Korxona maqomi oʻzgarganda YaIT qayta hisoblanishi lozim
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 9.03.2016 yildagi 13 va 2016-11-son qarori bilan “Yagona ijtimoiy toʻlovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi
Hisoblagichni almashtirish: jadval boʻyichami yoki xohishga koʻra
«Oʻzbekenergo» AJ vakillari 1 aprel kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga muvofiq elektr tarmoqlariga ulanish, hisobga olish priborlarini oʻrnatish tartibini tushuntirdilar, shuningdek elektrdan oqilona foydalanish zarurligi haqida soʻz yuritdilar
Qonunga xilof ravishda muomalada boʻlgan giyohvandlik vositalari roʻyxati kengaytirildi
Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Davlat komissiyasining qarori bilan Qonunga xilof ravishda muomalada boʻlgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning miqdorlari tasdiqlandi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


