Stomatologiya uchun rentgen apparatlari bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 8.02.2016 yildagi 32-son Qarori bilan Chetdan olib kirishda bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadigan yangi tibbiy asbob-uskunalar, tibbiy asbob-uskunalarga butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va sarflash materiallari roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritildi
Xorijiy investorlarga davlat ulushini sotuvchi AJlar belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 10.02.2016 yildagi 33-son qarori bilan ustav kapitalidagi kamida 15 foiz ulushi, shu jumladan qoʻshimcha aksiyalarni chiqarish yoʻli bilan, xorijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining roʻyxatlari tasdiqlandi
Marosim xizmatlari uchun tariflar oʻzgartirildi
Toshkent shahar hokimining 2016 yil 28 yanvardagi 74-son qarori bilan Toshkent shahar hokimining 2015 yil 27 oktyabrdagi 924-son «Toshkent shahri qabristonlarida goʻr qazish va marosim xizmatlari uchun pulli xizmatlar koʻrsatish tariflarini belgilash toʻgʻrisida»gi qaroriga oʻzgartirish kiritildi
Kasalxonalarda ovqatlanish uchun haq toʻlash tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 5.02.2016 yildagi 31-son Qarori bilan «Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining turgʻun davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil etish va uning uchun haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom" tasdiqlandi
Pokiston va Oʻzbekiston: ikkiyoqlama soliq solinishiga yoʻl qoʻyilmaydi
Prezidentning 8.02.2016 yildagi PQ-2486-son Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida ikkiyoqlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad soliqlari toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olish toʻgʻrisida Bitimga oʻzgartishlar kiritish haqida 2015 yil 17 noyabrda Toshkent shahrida imzolangan Protokol tasdiqlandi
Sertifikatlashtirish organlari tekshiriladi
“Oʻzstandart” agentligi akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlarini, inspeksiya organlarini, metrologik xizmatlarni, sinov va oʻlchov laboratoriyalarini inspeksiya nazoratidan oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabardor qiladi
“Javob beramiz!” Ma’lumot xizmati: pensiya savollar va javoblarda
“Javob beramiz!” Ma’lumot xizmatidan navbatdagi mavzuga doir toʻplam pensiyaga chiqishga bagʻishlanadi. Unda siz pensionerlar va korxonalar qanday savollarga duch kelishini bilib olasiz
Qimmatli qogʻozlar maxsus komissiya tomonidan yoʻq qilinadi
Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining buyrugʻi bilan Hujjatli qimmatbaho qogʻozlarni yoʻq qilish boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
IDXYaP soliq toʻlovchini hisobga qoʻyishga yordam beradi
Davlat soliq qoʻmitasining yangi xizmati respublika fuqarolariga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini (STIR) olish imkonini beradi
Hisoblangan sugʻurta badallari summasi haqida IDXYaP orqali bilish mumkin
Davlat soliq qoʻmitasidan yangi xizmat fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga hisoblangan sugʻurta badallari summasi toʻgʻrisida axborot olish imkonini beradi
Rossiya OTMga qanday oʻqishga kirish mumkin?
Oʻzbekistondagi Rossiya hamkorlik vakolatxonasi Rossiya oliy ta’lim muassasalarida bepul ta’lim olish uchun konkursli tanlashda ishtirok etish uchun roʻyxatga olish boshlanganligini e’lon qildi
Har qanday kompaniyaning katta siri
Qonuniy asoslarga ega boʻlmay tadbirkorlik sub’yektlarining hisobvaraqlarida pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotni talab qilib olishga jinoiy javobgarlik kiritilgan. Bu haqda – 20.08.2015 yildagi OʻRQ-391-son Qonun bilan Jinoyat kodeksiga (JK) kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi materiallar sikli davomida
Aliment – bu sobiq rafiqangiz uchun emas, balki farzandingiz uchun
Sir emaski, otasi tomonidan farzandlariga moddiy yordam koʻrsatilishini rad etib, bolalarni oʻzi tarbiyalaydigan ayollar doim boʻlgan. Biroq bu bola huquqlarining buzilishi hisoblanadi va shuning uchun bunday harakat nafaqat maqsadga nomuvofiq, balki noqonuniy ham
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy ish ragʻbatlantiriladi
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 5 fevraldagi 30-son «Toshkent shahrida yoshlar ta’lim-tarbiyasi va xotin-qizlar oʻrtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash, mahalla fuqarolar yigʻinlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori bilan tegishli organlar va tashkilotlarning takliflari ma’qullandi
Nogiron bolani maxsus muassasaga oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
Xalq ta’limi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qoʻshma qarori bilan Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi muassasasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Davlat bojini hisobga olish tartibi belgilandi
Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining qoʻshma qarori bilan Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Mobil aloqa operatorlaridan olinadigan foyda soligʻi rentabellikka bogʻliq
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining qarori (AV tomonidan 3.02.2016 yilda 2759-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan rentabellik darajasiga qarab yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasini qoʻllash qoidalari tasdiqlandi
7 mart dam olish kuni boʻladi
Oʻzbekiston Prezidenti 5 mart shanba dam olish kunini 7 mart dushanba kuniga koʻchirish va 5 mart shanba kunini ish kuni deb e’lon qilishi toʻgʻrisidagi Qarorni imzoladi
Fonogramma haqida ogohlantirish zarur. Artistning yoʻqligi haqida ham.
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi oʻzining 2016 yil 8 fevraldagi 757/03-20-son xati bilan umumiy ovqatlanish korxonalari rahbarlariga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida eslatadi
Soliq maslahatchisi boʻlishga da’vogarlar uchun imtihon kuni e’lon qilindi
Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun imtihon 2016 yil 27 fevralda oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ushbu voqea haqidagi axborot tarqatildi
Xoʻjalik shartnomalari: xulosa bekor qilindi, imzo qoʻyish esa qoldirildi
Qonunchilikda turli sabablarga koʻra yuridik kolliziya sodir boʻladi. Mutlaqo yaqinda vujudga kelgan, ehtimol, hali qonun ijodkorlari tomonidan e’tibor berilmagan ularning biriga e’tiborni qaratamiz
Hakamlik sudlari imkoniyatlaridan kengroq foydalanish lozim
Hakamlik sudi - fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida vujudga keluvchi xoʻjalik nizolarini hal etuvchi nodavlat organi.
«Javob beramiz!» Ma’lumot xizmati: eng qiziqarli savollar
«Javob beramiz!» Ma’lumot xizmatining mavzuga doir javoblar toʻplami oilaviy korxona faoliyatiga bagʻishlanadi
Sport hakamlari uchun toifalar oʻzgartirildi
Madaniyat va sport ishlari vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 5 fevralda 2761-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan yangi Sport hakamlari va sport hakamlarining malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Kollejlar bitiruvchilari mikrokredit oladilar
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (Adliya vazirligi tomonidan 2016 yil 3 fevralda 2758-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Tijorat banklari tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga mikrokreditlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Mansab jinoyatlari qanday tartibga solindi
20.08.2015 yildagi OʻRQ-391-son Qonun bilan Jinoyat kodeksiga (JK) kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi materiallar siklini davom ettiramiz
Tovarlar va xizmatlar uchun toʻlovlarni mobil ilovalar orqali amalga oshiramiz. 4-qism
Oldingi materiallarda ular yordamida foydalanuvchilar tovarlar va xizmatlar uchun onlayn toʻlovni amalga oshirish, oʻtkazilgan tranzaksiyalar va koʻpgina boshqalar toʻgʻrisida dolzarb axborot olishlari mumkin boʻlgan mobil ilovalar haqida soʻz yuritdik. Bugun Oʻzbekistonda mobil bankingning “eng birinchisi” – UPAY elektron toʻlovlarning universal servisi haqida soʻz boradi
2016 yil tekshirishlar reja-jadvalidan chiqarilgan yuridik shaxslar roʻyxati e’lon qilindi
2016 yil tekshirishlar reja-jadvalidan chiqarilgan, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlaydigan, shuningdek barqaror oʻsish sur’ati va ishlab chiqarish rentabelligini ta’minlayotgan tadbirkorlik sub’yektlari roʻyxati Davlat soliq qoʻmitasi saytida e’lon qilindi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


