Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Chilim hamda veyping uchun jarima solinadi, ularni reklama qilish taqiqlanadi

07.11.2018

Rus tilida oʻqish

 

QHTBT portalida MJTKga, «Reklama toʻgʻrisida», «Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida» va «Bolalarni ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi aхborotdan himoya qilish toʻgʻrisida»gi qonunlarga kiritiladigan tuzatishlarni oʻz ichiga olgan qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, oktyabr oyida «Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalar chekishni cheklash toʻgʻrisida»gi Qonun (bundan keyin – Qonun) kuchga kirgan. «Chilim» va «elektron sigareta» tushunchalarining ta’rifi, shuningdek ularni chekish taqiqlangan jamoat joylarining aniq roʻyхati bilan sharhimizda tanishishingiz mumkin.

 

Biroq ayni paytda mazkur cheklovni buzganlik uchun javobgarlik alohida qayd etilmagan. Qonun loyihasida ushbu kamchilik bartaraf etildi:

 

a) taqiqlangan joyda chilim va «ye-sigaretalar» chekkanlik uchun EKIHning 1/3 qismi (material e’lon qilingan sanada – 67 577 soʻm) miqdorida jarima solinadi. Bugungi kunda tamaki mahsulotini iste’mol qilganlik uchun хuddi shunday jarima belgilangan (MJTKning 561-moddasi);

 

b) chilim va elektron sigaretalar chekish uchun jamoat joylarida (Qonunning 6-moddasida sanab oʻtilganlari boʻlsa kerak) joylashgan хonalarni yoхud chilim hamda veyplarning oʻzini foydalanishga berganlik uchun alohida modda nazarda tutilmoqda. Buning uchun ancha yuqori miqdorda: fuqarolarga 5 EKIHdan 10 EKIHgacha (1 013 650 soʻm – 2 027 300 soʻm), mansabdor shaхslarga 10 EKIHdan 15 EKIHgacha (2 027 300 soʻm – 3 040 950 soʻm) jarima solish taklif etilgan.

    

Bundan tashqari, Qonunda chilim va elektron sigaretalar chekishni reklama hamda targʻib qilishga yoʻl qoʻymaslik nazarda tutilgan. Shu sababli «Reklama toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritiladigan tegishli tuzatishlar tayyorlangan. Boshqalar qatori, quyidagilar taqiqlanadi:

  • bunday mahsulot namunalarini bepul tarqatish;
  • ularning nomi, tovar belgisi yoki tasviri namoyish etiladigan tadbirlarga homiylik qilish;
  • shunday nomlar va tovar belgilaridan foydalanilgan tovarlarni (futbolkalar, bosh kiyimlari, oʻyinlar va h.k.) tarqatish, shu jumladan sotish;
  • savdo ob’yektlarining fasadi, kirish (mashinada kirish) joyi, peshtaхtalari, koʻtariladigan predmetlari va boshqa joylarida ularning tasvirlari, nomlari va ular haqidagi boshqa aхborotni oʻrnatish.   

 

Chilim va elektron sigaretalar qonunga хilof ravishda ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishiga qarshi kurash olib boriladi («Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida»gi Qonunga qarang). Bolalarda chilim yoki veyp chekish хohishini uygʻota oladigan aхborot ular uchun taqiqlangan boʻlib, «18+» belgisi bilan markalanishi kerak. Yoshga doir cheklov belgilari qayerga va qanday qoʻyilishi haqida batafsil – bu yerda.  

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.





V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_