Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Ikkilamchi» garovga qoʻyish osonlashadi

01.11.2018

Rus tilida oʻqish

 

Adliya vazirligi tadbirkorlik sub’yektlarining kreditlardan keng foydalanishini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlarni taklif etdi. Ular Prezidentning qarori bilan tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda, uning loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.

 

Mamlakatimizda garov va boshqa ta’minlovchi mol-mulk taqchilligi kuzatilmoqda. Bu kreditorlarning qoʻshimcha mablagʻlarni jalb etish imkoniyatiga salbiy ta’sir koʻrsatmoqda.

 

Koʻpincha garov narsasining qiymati kredit miqdoridan ancha oshib ketadi. Jahon amaliyotida garovga qoʻyilgan mol-mulk yana bitta kredit uchun garov boʻla oladi. Oʻzbekiston Fuqarolik kodeksida ham navbatdagi garov nazarda tutilgan. Biroq amaliyotda bu norma qoʻllanilmayapti. Loyiha mualliflari ushbu imkoniyatdan unumli foydalanish uchun qonunchilikda mavjud kamchiliklarni bartaraf etishni taklif qilmoqdalar.

 

Shu munosabat bilan quyidagi normalarni joriy etish taklif qilinmoqda:  

  • qarzdor oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatidan qondirish boshqa kreditorlarga qaraganda imtiyozli suratda garov reyestriga garov toʻgʻrisida aхborot qayd etilgan sanaga qarab kalendar navbatida amalga oshiriladi;  
  • ta’minoti ostida mol-mulk olinishini moliyalashtirgan kreditor, basharti ushbu mol-mulk qarzdor tasarrufiga berilgandan keyin 15 kundan kechiktirmay garov reyestriga tegishli yozuvni qayd etgan taqdirda, mazkur mol-mulk hisobiga oʻz talablarini qondirishda imtiyozli huquqqa ega boʻladi;
  • agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, kreditorning imtiyozli huquqi majburiyatlar bajarilishi ta’minoti sifatida taqdim etilgan qarzdorning mol-mulkidan foydalanishdan yoki uni sotishdan olingan daromadlarga (tushumga) ham tatbiq etiladi;
  • avvalgi garovga oluvchining roziligi olinmay garov reyestriga tegishli yozuv qayd etilganda navbatdagi garovga berishga yoʻl qoʻyiladi.

 

Shuningdek quyidagilarni tatbiq etish:

  • garov uchun belgilangan undiruvni lizing, boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan oldi-sotdi, ijara, ishonchli boshqaruv va boshqa bitimlar ob’yekti boʻlgan, majburiyatlar bajarilishi ta’minoti sifatida chiqadigan mol-mulkka (mulkiy huquqqa) qaratish tartibini;
  • yozma bitim mavjud boʻlganda undiruv garov narsasi yoki kreditor majburiyatlari bajarilishi ta’minoti narsasi sifatida chiqayotgan koʻchar mulkka qaratilganda sud buyrugʻi institutini.

 

Ma’lumot uchun: sud buyrugʻi soʻzsiz asoslar boʻyicha soddalashtirilgan tartibda (tomonlarni chaqirmay va ishni sudda koʻrmay turib) chiqariladi. Sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi arizalardan davlat boji da’vo ishini yuritish boʻyicha stavkaning 50%ini tashkil etadi. 

 

Bundan tashqari, quyidagi tartibni belgilash taklif etilmoqda:

  • mol-mulkni umumiy tavsiflash orqali garov narsasi, majburiyatlar bajarilishining boshqa ta’minotini identifikatsiyalashga yoʻl qoʻyiladi;
  • mol-mulk bilan ta’minlanadigan majburiyatni ushbu mol-mulk qiymatidan soʻndirilishi mumkin boʻlgan majburiyatning eng yuqori summasini koʻrsatish yoʻli bilan identifikatsiyalashga ruхsat beriladi;
  • ta’minot bitimlari majburiyat bajarilishining mulkiy ta’minoti narsasini tafsilotlarsiz umumiy tavsiflash yoʻli bilan tuzilishi mumkin;
  • undiruv qaratilgan mol-mulk, talab qilish huquqlari ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan garovga oluvchilar yoki boshqa kreditorlarning talablariga koʻra kreditga, boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan, lizingga yoki qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali sotilishi, ijaraga berilishi mumkin.

 

Loyiha rad etilishi, oʻzgartirilishi yoki unga qoʻshimcha kiritilishi mumkin.

 

Oleg Gayevoy.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_