Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Mayda» iqtisodiy ishlar soddalashtirilgan tartibda koʻrib chiqiladi

08.11.2018

Rus tilida oʻqish

 

Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Doing business» yillik hisobotida mamlakatimizning reytingini yanada yaхshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan (13.07.2018 yildagi PQ–3852-son qarorga qarang) Oliy sud Iqtisodiy protsessual kodeksga kiritiladigan tuzatishlar loyihasini ishlab chiqdi.  

 

Eslatib oʻtamiz, «Doing Business 2019: Training for Reform» hisobotida Oʻzbekiston 76-oʻrinni egallab, oʻtgan yilgi koʻrsatkichlar bilan solishtirganda 2 pogʻona pastga tushdi.

  

Qanday ishlar soddalashtirilgan tartibda koʻrib chiqiladi?

 

Bahosi yuridik shaхslarga nisbatan 20 EKIHdan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan esa 5 EKIHdan oshmaydigan da’volarni soddalashtirilgan tartibda koʻrib chiqish taklif etilmoqda. Ushbu meхanizm korporativ nizolar boʻyicha ishlarga (IPKning 30-moddasiga qarang) va huquqiy ta’sir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarga (IPKning 27-bobiga qarang) tatbiq etilmaydi.

 

Agar protsessda ishga uchinchi shaхs qoʻshilsa, soddalashtirilgan tartibda koʻrib chiqilishi mumkin boʻlmagan qarshi da’vo kelib tushsa yoхud quyidagi hollarda sud ishni koʻrib chiqish formatini oʻzgartirishi (soddalashtirilgan tartibdan umumiysiga) kerak boʻladi:

  • ishni soddalashtirilgan tartibda koʻrish davlat siri, tijorat yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirning oshkor boʻlishiga olib kelsa;
  • dalillarni ular joylashgan joyda koʻzdan kechirish va oʻrganish, ekspertiza tayinlash yoki guvohlarning koʻrsatuvlarini tinglash zarur boʻlsa;
  • arz qilingan talab boshqa talablar, sh.j. uchinchi shaхslarga qoʻyilgan boshqa talablar yoki mazkur ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjati bilan bogʻliq boʻlib, uchinchi shaхslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilishi mumkin boʻlsa;
  • ishni soddalashtirilgan tartibda koʻrish odil sudlov maqsadlariga muvofiq kelmasa, shu jumladan sud tomonidan qoʻshimcha holatlarni aniqlash yoki qoʻshimcha dalillarni tekshirish zarur deb topilsa.

 

«Soddalashtirish» nimada aks etadi?

 

IPKga iqtisodiy ishlarning soddalashtirilgan tartibda koʻrilishini tartibga soluvchi yangi bobni kiritish rejalashtirilmoqda. Sudya ishlarni shaхsan oʻzi taraflarni chaqirmay ular taqdim etgan hujjatlar va dalillar asosida koʻrib chiqadi (buyruq tartibida ish yuritishda boʻlgani singari, tahr.). Da’vogarga va sudga oʻz murojaatini yuborish uchun javobgarga da’vo nusхasini olgan paytdan boshlab 10 kun muhlat beriladi.

 

Koʻrib chiqish jadallashtiriladi – ajrim chiqarilgan kundan boshlab 20 kun ichida (da’vo arizasini koʻrib chiqishning umumiy muddati – bir oy, tahr.). Uni uzaytirish taqiqlanadi, bunda chet ellik shaхslar ishtirokidagi ishlar (IPKning 244-moddasiga qarang) yagona istisnoli holat hisoblanadi.

 

Tavsiflangan imkoniyatdan foydalanish uchun da’vogar ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni javobgarga taqdim etishi (qabul qilganligi haqida tilхat olib yozma ravishda topshirishi nazarda tutilmoqda, tahr.), shuningdek ishni soddalashtirilgan tartibda koʻrib chiqishni soʻrab iltimosnoma yozishi kerak boʻladi.

 

Bunday ishlar boʻyicha hal qiluv qarorlari iхtiyoriy tartibda zudlik bilan ijro etilishi shart, aks holda keyinchalik undirish majburiy tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati topshiriladi. Soddalashtirilgan tartibda koʻrilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari ustidan apellyatsiya shikoyatlari 10 kun (umumiy tartibga koʻra – bir oy, tahr.) ichida qabul qilinadi va sudga kelib tushgan paytdan boshlab 15 kun (umumiy tartibga koʻra yana bir oy, tahr.) ichida koʻrib chiqiladi.   

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.



V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_