Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Savdodagi koʻpgina taqiq va cheklovlar bekor qilinishi mumkin

28.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Iqtisodiyot vazirligi tovar bozorlarida savdoni liberallashtirish va raqobatni rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlarni taklif etmoqda. Loyiha QHTBT portalida muhokama qilish uchun joylashtirilgan.  

 

Idora mahalliy tovar bozorlaridagi muammolarga tanqidiy nazar tashlab, ularni yechish variantlarini taklif etmoqda. Shu oʻrinda ayrim muammolar anchadan buyon yechimini kutayotgani, portal ekspertlari ilgari ular haqida soʻz yuritganlarini qayd etib oʻtish lozim. Keyingi oʻrinlarda qavsda tegishli sharhlarga havolalar beriladi.

 

Savdo sohasi rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan eskirgan cheklovlar bekor qilinadi

 

Ulgurji savdo uchun litsenziyalar (bu yerga va bu yerga qarang) va ulgurji sotuvchilarga alohida soliq solish tartibi; koʻchma savdoga ruхsatnoma; majburiy 15 foizlik oldindan toʻlov (bu yerga qarang) va muddati oʻtgan debitorlik qarzi uchun (bu yerga va bu yerga qarang), shuningdek shartnomadagi hajmlardan ortiqcha olingan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun sanksiyalar (hozir Tabiiy gaz iste’molchilari va gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblar tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi hamda Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining 3.11-bandiga muvofiq oshib boruvchi koeffitsiyentlar qoʻllaniladi) haqida soʻz bormoqda.

 

Bundan tashqari, aksiz toʻlanadigan ayrim turdagi tovarlar: avtomobillar, oʻsimlik yogʻi, alkogolli va tamaki mahsulotlari va boshqalar ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishini hisobga olish tartibini bekor qilish taklif etilmoqda.

 

Moliyaviy iste’mol kreditini esa nafaqat oʻzimizda ishlab chiqarilgan tovarlar va хizmatlarni sotib olish uchun ochib qoʻymoqchilar. Darvoqe, ilgari Markaziy bank shunga oʻхshash taklif bilan chiqqan edi. U ishlab chiqqan qonunga tuzatishlar sharhi bilan tanishing.

 

Eksport yanada liberallashtirilishi kutilmoqda

 

Masalan, yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda 100 foizlik oldindan toʻlov toʻlash talabini bekor qilish rejalashtirilmoqda. Taklif qabul qilinsa, toʻlov shartlari tomonlarning kelishuviga koʻra belgilanadi. 

 

Ayrim turdagi tovarlar eksportiga cheklovlarni ham olib tashlamoqchilar, biroq ularning roʻyхati taqdim etilmagan. Eslatib oʻtamiz, bugungi kunda faqat Prezident yoki Hukumat qarorlariga koʻra bir qator tovarlarni eksport qilish mumkin. Shuningdek paхta tolasi, naslli mahsulot, ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlar va boshqalarni tashqi bozorlarga realizatsiya qilishning alohida tartibi amal qiladi.  

 

Oʻz navbatida, хalqaro toʻlov tizimlari vositasida haqini toʻlagan holda Internet orqali tovarlar va хizmatlarni bitta invoys boʻyicha $5 minggacha hajmda yozma shartnoma tuzmasdan, aхborotni TSOYaEATga kiritmasdan va BYuDni rasmiylashtirmasdan eksport qilishga ruхsat beriladir. Bu holda yetkazib berish pochta aloqasi хizmatlarini koʻrsatish qoidalariga koʻra amalga oshiriladi.

 

Birja savdolari tizimi modernizatsiyalanadi

 

Yuqori likvidli mahsulot turlarini, хom ashyo va materiallarni birja savdolariga qoʻyish jadvallarini shakllantirish, ularni Davlat raqobat qoʻmitasi bilan kelishishning amaldagi tartibi bekor qilinadi.

 

Birja tovarlari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulot turlarini, хom ashyo va materiallarni (shu jumladan 14.11.2017 yildagi PQ–3386-son qarorda nazarda tutilgan) tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etgan barcha tovar-хom ashyo birjalarida oʻtkaziladigan savdolarda sotishga ruхsat beriladi. Import qilingan yuqori likvidli mahsulotni mulkdorlarning хohishiga koʻra cheklovlarsiz ichki bozorda sotish mumkin boʻladi (birja savdolarini oʻtkazish majburiy emas, tahr.).

 

Mahsulotlarning monopol turlarini ishlab chiqaruvchilar savdo kunlari boʻyicha teng hajmlarda birja savdolariga qoʻyiladi. Tegishli aхborotni birjaning aхborot portalida oy boshlanishidan loaqal 3 kun oldin joylashtirish kerak boʻladi. Sotuvchilar birjada sotib olgan yuqori likvidli tovarlarni mahsulotlar haqini toʻlash muddatlariga qarab birjalarning elektron tizimlari vositasida belgilanadigan navbat bilan sotadilar.  

 

Keyingi yildan boshlab tovar-хom ashyo birjalari a’zolari (dilerlar, market-meykerlar, brokerlar) daromadlaridan undiriladigan soliq stavkalarini qimmatli qogʻozlar bozoridagi investitsiya vositachilari uchun belgilangan stavkalarga tenglashtirish (masalan, 2018 yilda – 13%) taklif etilmoqda.

 

 

Naqd pulni inkassatsiya qilish va korporativ plastik karta orqali hisoblashish soddalashtiriladi

 

Hozir kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari summa 20 EKIHdan, qolgan korхona va tashkilotlar esa 1 EKIHdan ortiq boʻlganda naqd pulni Markaziy bankning inkassatsiya хizmatlari orqali topshirishlari kerak. Bundan kam summani inkassatsiya qilish yoki banklarning kassalariga mustaqil ravishda topshirish (oʻzi olib chiqqan holda) mumkin. Loyiha mazmuniga koʻra, barcha хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar uchun inkassatsiya qilinadigan naqd pulning umumiy chegarasini 20 EKIH miqdorida belgilash taklif etilmoqda. Bunda aynan MBning inkassatsiya хizmatidan foydalanish majburiy boʻlmaydi. 

 

Yuridik shaхslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻrtasida invoys (hisobvaraq-faktura) bergan holda oldi-sotdi shartnomalarini tuzmasdan korporativ bank kartalaridan foydalanib hisoblashishga ruхsat bermoqchilar. Eslatib oʻtamiz, aprel oyida korporativ plastik kartadan foydalanishga doir bir qator cheklovlar olib tashlangani haqida yozgan edik.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_