Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Texnogen favqulodda vaziyatlardan koʻrilgan zararni baholash va qoplash qanday amalga oshiriladi
Texnogen avariya va halokatlar natijasida aholiga yetkazilgan zararni baholash va qoplash mexanizmi tasdiqlandi. Bu maqsadlar uchun maxsus kompensatsiya fondlari tashkil etiladi. Halok boʻlganlarning oilalariga BHMning 500 baravarigacha, ogʻir tan jarohati olgan jabrlanuvchilarga esa sogʻliqqa yetkazilgan zararning ogʻirlik darajasiga qarab BHMning 200 baravarigacha bir martalik toʻlov nazarda tutilgan.
Tibbiyotga autsorsing asosida xususiy sektor jalb qilinadi
Prezident qarori bilan davlat tibbiy xizmatlarini koʻrsatishga xususiy tibbiyot tashkilotlarini jalb qilishning yangi mexanizmlari nazarda tutilgan. 2027 yil 1 yanvardan boshlab autsorsing shartlarida klinik va yordamchi xizmatlarni xarid qilishning yangilangan tartibi joriy etiladi, 2030 yilgacha esa ularning ulushini 30 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Ekstremizm uchun javobgarlik choralari oʻzgartirildi
Ekstremistik tashkilotlarda ishtirok etish va ularni tuzganlik uchun endi turlicha jazo belgilandi. Ekstremistik materiallarni birinchi marta tayyorlash va saqlash uchun esa ma’muriy javobgarlik joriy etilmoqda. Adliya vazirligi ekstremistik tashkilotlar va materiallarning elektron reyestrini yuritadi.
Markaziy bankning asosiy stavkasi oʻzgarishsiz qoldirildi
Inflyatsion kutilmalarning pasayishi va inflyatsiya darajasining nisbatan barqarorlashishiga qaramay, yuqori ichki talab va tashqi iqtisodiy kon’yunkturaning oʻzgarishi bilan bogʻliq proinflyatsion xatarlarning saqlanib qolishi qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlab qolishni taqozo etmoqda.
Mukofot jamgʻarmasi 5 mln AQSh dollari boʻlgan xalqaro startaplar tanlovini oʻtkazishga tayyorgarlik boshlandi
2027 yil aprel oyidan boshlab Oʻzbekistonda xorijiy innovatsion loyihalarni jalb qilish va mamlakat startap tizimini rivojlantirishga qaratilgan "Land of Startups" ("Startaplar makoni") xalqaro tanlovi oʻtkaziladi. Tanlov sun’iy intellekt, moliyaviy va raqamli texnologiyalar, kreativ sanoat va sanoat yechimlari kabi beshta yoʻnalishni qamrab oladi.
Ilmiy-innovatsion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
Yoshlar tadbirkorligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash vositalari kengaytirildi. Vazirlar Mahkamasining 30.10.2026 yildagi 598-son qarori bilan IT- mutaxassislarni tayyorlash va ularning startap loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi va "Yoshlar Ventures" venchur fondi orqali qoʻllab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilgan.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassislar har ikki yilda kamida bir marta malaka oshiradi.
Vazirlar Mahkamasining 28.10.2026 yildagi 594-son qarori bilan davlat organlari va tashkilotlarining kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi tasdiqlandi. Oʻzbekistonda tan olingan xorijiy sertifikatlarga ega boʻlgan mutaxassislar majburiy malaka oshirishdan ozod etiladi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
Suv olish tartibini buzganlik uchun jarimalar: ular qanday hisoblanadi va qanday qilib ikki baravar kam toʻlanadi
2026 yil 22 oktyabrdan boshlab suv olish tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanksiyalar toʻgʻrisidagi yangi Nizom (21.10.2026 yildagi VMQ 585-son) kuchga kiradi. U sanksiyalarni qoʻllash tartibini, hisob-kitob formulasini va ixtiyoriy toʻlovda «imtiyozlar»ni belgilaydi.
Suv omborlarida turizmni rivojlantirishga qaratilgan biznes uchun imtiyozlar joriy etilmoqda
Suv omborlari va ularga tutash hududlarda turizm va servis infratuzilmasini rivojlantirish choralari belgilandi. Turistik xizmatlarni tashkil etuvchi tadbirkorlar yer soligʻi va mol-mulk soligʻining 50 foizlik stavkalaridan foydalanishi mumkin boʻladi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Banklararo toʻlovlarni qayta ishlash uchun yagona toʻlov svitchi joriy etilmoqda
Markaziy bank milliy toʻlov svitchi orqali chakana toʻlovlarni amalga oshirish qoidalarini tasdiqladi. 2027 yil 25 yanvardan yangi qoidalar asosida ish boshlaydigan tizim bank kartalari va elektron pullardan foydalangan holda milliy valyutadagi banklararo toʻlovlarni tunu kun qayta ishlash va kliring qilishni ta’minlaydi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Issiqxona xoʻjaliklarining ekologik xavfsiz faoliyat yuritishi qanday ta’minlanadi
Vazirlar Mahkamasining 22.10.2026 yildagi 586-son qarori bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatining bir qator tumanlaridagi issiqxona xoʻjaliklari uchun maxsus ekologik tartib joriy etildi. Qattiq yoqilgʻidan foydalanadigan issiqxonalar 2026 yil 1 dekabrga qadar muqobil isitish turlariga oʻtishlari yoki belgilangan ekologik talablarga rioya etilishini ta’minlashlari shart.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Xorijdagi vatandoshlarni taklif qilish va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtirildi
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini Oʻzbekistonga taklif qilish, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlarini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish reglamentlari tasdiqlandi. Arizalarni YaIDXP va DXM orqali topshirish mumkin.
Tibbiyot xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi
2030 yil 1 yanvardan boshlab faqat tegishli ixtisoslik boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan mutaxassislar tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi. 19.10.2026 yildagi VMQ 577-son qarori bilan maxsus imtihonlar oʻtkazish, besh yil muddatga elektron guvohnomalar berishni nazarda tutuvchi roʻyxatdan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Pedagog va oʻquvchilar har yili psixologik diagnostikadan oʻtkaziladi
Uzluksiz ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish, mutaxassislar tayyorlash va yagona diagnostika usullarini joriy etish bilan shugʻullanadigan Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilmoqda. Oʻqituvchilar va oʻquvchilarni tekshirish oʻquv yilida kamida bir marta oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Pedagog va oʻquvchilar har yili psixologik diagnostikadan oʻtkaziladi
Uzluksiz ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish, mutaxassislar tayyorlash va yagona diagnostika usullarini joriy etish bilan shugʻullanadigan Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilmoqda. Oʻqituvchilar va oʻquvchilarni tekshirish oʻquv yilida kamida bir marta oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Moʻmin Xurramovich Ashurov olamdan oʻtdi
2026 yil 9 iyun kuni katta ichki madaniyat, tiniq aql va noyob insoniy halollik egasi boʻlgan Moʻmin Xurramovich Ashurov vafot etdi.
«Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish» kursi
Norma kompaniyasi sizni 27 oktyabrda boshlanadigan «Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish» kursiga taklif etadi. Kurs soliq hisobi va tartibidagi soʻnggi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda oʻtkaziladi.
«Buxgalteriya hisobi amaliyoti» vebinari
Zamira Djurayeva sizni 23 iyul soat 10:30 – 12:45 da «Buxgalteriya hisobi amaliyoti» vebinariga taklif qiladi.
Buxgalter.uz yaqin vaqt mobaynida bepul resurs boʻlib qoladi
Buxgalter.uz portali karantin tufayli murakkab ahvolda qolgan Oʻzbekiston buxgalterlari va korxonalarini qoʻllab-quvvatlash uchun oʻzini tijoriy yoʻsinga oʻtkazishni yaxshi vaqtlar kelguncha kechiktirib turadi.
Kim buxgalter boʻlishi mumkin
24 fevral kuni «Norma» PRMda «Buxgalteriya hisobi – noldan balansgacha» oʻquv kursi boshlanadi. Buxgalteriya hisobini noldan boshlab oʻzlashtirish istagida boʻlgan barchani taklif etamiz.
«KADRLAR IShINI YuRITISh» oʻquv kursi
2020 yil 27 yanvar kuni «Norma» PRMda «KADRLAR IShINI YuRITISh» oʻquv kursi boshlanadi.
Elektron hisobvaraq-fakturalar bilan qanday ishlanadi
1 yanvardan boshlab elektron hisobvaraq-fakturalar majburiy boʻladi. Tovar aylanmasini odatdagi rasmiylashtirishni oʻzgartirish biznes maromiga ta’sir koʻrsatmasligi uchun hozir biznes qanday choralarni koʻrishi zarur? Ushbu va boshqa savollarga 24 dekabr kuni tashkil etiladigan vebinar ishtirokchisi boʻlgan holda javob olishingiz mumkin.
Buxgalteriya hisobida soliq va bojxona imtiyozlari qanday aks ettiriladi
Siz oʻz imtiyozlaringizni 2019 yilda toʻgʻri hisobga oldingizmi? 17 dekabr kuni «Norma» kompaniyasi mahsulotlari foydalanuvchilari uchun bepul vebinar oʻtkaziladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


