Pedagog kadrlarni tayyorlashda sirtqi ta’limdan voz kechiladi
Boʻlajak pedagoglar faqat kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida oʻqitiladi.
«Yil oʻqituvchisi» va «Kasbiy mahorat yetakchisi» tanlovlari qanday oʻtkaziladi
Tanlov gʻoliblariga katta miqdordagi pul mukofoti beriladi.
«Yangi Oʻzbekiston» universitetining ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirishning yangi tartibi belgilandi
Universitetga ilmiy unvonlar va ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish huquqi beriladi.
Davlat madaniyat muassasalari xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlari qayta koʻrib chiqildi
Oshirilgan koeffitsiyentlar 2025 yil 1 iyuldan kuchga kiradi.
Mahalliy korxonalar mutaxassislarining xorijda malaka oshirishini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Mahalliy mutaxassislarning xorijda malaka oshirish xarajatlarini qoplash tartibi belgilandi.
Nomoddiy madaniy meros namunalarini roʻyxatga kiritish bilan bogʻliq davlat xizmati qanday koʻrsatiladi
Nomoddiy madaniy meros namunalarini Milliy roʻyxatga kiritish yoki undan chiqarish masalasi Ilmiy-metodik kengash tomonidan hal etiladi.
NHH loyihalarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi
Ilmiy ekspertiza vazifalariga nimalar kiradi va uni kim va qanday usullar bilan oʻtkazadi.
1 maydan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2025 yil 1 maydan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.
Markaziy bankning asosiy stavkasi 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirildi
2025 yil 24 aprelda Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14,0 foiz darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Agrosanoat sohasida qator hujjatlar toʻplami tasdiqlandi
Xususan, respublikada yangi bogʻlarni tijorat banklari orqali kredit resurslari hisobidan moliyalashtirish tartibi belgilandi.
Bir qator tibbiyot oliy ta’lim muassasalari qayta tashkil etiladi
Xususan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent davlat tibbiyot universitetining vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari belgilandi.
Ta’minlangan kreditlar boʻyicha talablarni qondirish tizimi takomillashtirilmoqda
Takroriy savdolar oʻtmagan deb e’lon qilinganda garov narsasini oʻzida qoldirish tartibi oʻzgartirildi.
Fuqarolarni xorijga mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborish tartibi tasdiqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkillashtirilgan holda yuborish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishga moratoriy joriy qilindi
U 2030 yilgacha joriy qilinadi.
Davlat ulushiga ega bir qator yirik korxonalar xalqaro bozorlarda realizatsiya qilinadi
Ayrim korxonalarning aksiyalari xalqaro va mahalliy fond bozorlarida joylashtiriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda parlamentning roli oshirilmoqda
Boshqalar qatori Oliy Majlis palatalari har yili byudjetdan eng koʻp mablagʻ oluvchi uchta vazirlik va idoradagi korrupsiya omillarini aniqlaydi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari orasidan bir qator vazirlik va idoralarning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat rahbarlari tayinlanadi
Huquqiy eksperiment 2027 yil 1 yanvarga qadar davom etadi.
Savdo-sanoat siyosatida yangi chora-tadbirlar qabul qilindi
Xususan, 2025 yil 1 oktyabrdan boshlab respublikaga olib kiriladigan oq shakarga aksiz soligʻi bekor qilinadi.
«Haj va Umra» yagona portali ishga tushiriladi
Unda "Haj" tadbirlariga borayotgan fuqarolarning yagona elektron navbatini, shuningdek, "Umra" tadbirlariga yuboriladigan ziyoratchilarning elektron roʻyxati shakllantiriladi.
Zargarlarga qoʻshimcha imtiyozlar berildi
Ular qimmatbaho metallardan suvenir tangalarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish huquqiga ham ega boʻldilar.
Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirish normalari oʻzgartirildi
Jismoniy shaxslar nomiga xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali olib kiriladigan tovarlarga nisbatan bir kalendar oy mobaynida bojsiz olib kirishning belgilangan normalari qoʻllaniladi.
«Yashil sertifikat» qancha muddatga beriladi
Mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishda texnologik jarayonlarni «Yashil sertifikat» ekologik sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Tadbirkorlarga moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi
Biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish uchun ayrim qonunchilik hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
REPO operatsiyalari boʻyicha daromad bundan buyon daromad sifatida hisobga olinmaydi.
Coliq toʻlovchilarning ish haqi va boshqa daromadlarining qimmatli qogʻozlarni sotib olishga yoʻnaltiriladigan qismiga soliq solinmaydi.
AJ xodimlari aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega boʻldilar
Qimmatli qogʻozlari fond birjasi listingiga kiritilmagan AJning rasmiy veb-saytiga ega boʻlish talabi bekor qilindi.
Elektr energiyasi va tabiiy gaz qurilmalarini oʻrnatish tartibi oʻzgartirildi
Elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning zamonaviy uskunalarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, endilikda MIB xodimlari ushbu jarayonda ishtirok etmaydi.
Banklar qarzdorlik hisobiga balansga olingan mol-mulklarni oʻzlari sotishadi
Da’vo arizasini soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish uchun da’voning maksimal bahosi oshirilmoqda.
«Qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi
Qonunda tavakkalchilikning 6 turi boʻyicha sugʻurtalash nazarda tutilgan.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


