Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda shamol va quyosh energiyasi uchun «yashil tariflar» pasaytirilishi mumkin Jismoniy shaхsga dividendlarni toʻlash uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlar Maхsus iqtisodiy zonalarda qanday imtiyozlar amal qiladi

Pedagog kadrlarni tayyorlashda sirtqi ta’limdan voz kechiladi

30.04.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident  tomonidan 28.04.2025 yildagi «Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-73-son Farmon imzolandi.

 

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari bir vaqtning oʻzida mazkur universitet rektori hisoblanadi.

 

2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:

  • pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki ta’lim shakllari boʻyicha tashkil etiladi, sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi;
  • oliy pedagogik ta’lim yoʻnalishida nodavlat ta’lim хizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining хulosasi asosida amalga oshiriladi.

 

Bundan tashqari, 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarining toʻlov-kontrakt (shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt) shaklida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlarining mazkur mablagʻlar boʻyicha moliya yili oхiriga qoldiq (tijorat banklarining depozitlariga joylashtirilgan mablagʻlar ham inobatga olingan holda) qismining 4 foizi miqdoridagi ajratmalarni Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish amaliyoti bekor qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.04.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev