1 avgustdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2024 yil 1 avgustdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi
Intellektual mulk: nazorat xaridlari
Rejadan tashqari nazorat jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalaridagi nashrlar, shuningdek davlat organlari tomonidan qonunchilik buzilishi faktlari toʻgʻrisida taqdim etilgan ma’lumotlar asosida oʻtkaziladi.
Soliq qarzdorligini hisobdan chiqariladigan holatlar roʻyxati kengaytirilmoqda
Qoʻshimchalar jismoniy shaxsning qarzdorligini hisobdan chiqarishga tegishli.
Paxta-toʻqimachilik klasterlarining moliyaviy ahvoli qanday yaxshilanadi
Prezident Farmoni bilan tugatilayotgan "Oʻzpaxtasanoat" AJning mulkiy majmualarini sotib olish boʻyicha klasterlar bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomalarida belgilangan toʻlovlar jadvali boʻyicha qarzdorlik muddati bir yilga uzaytirildi.
Barcha ijtimoiy toʻlovlar - "Ijtimoiy karta" axborot tizimi orqali
Karta Oʻzbekiston fuqarolariga, respublika hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Milliy ijtimoiy himoya agentligi tomonidan beriladi va oʻzgartirilmaydigan noyob shaxsiy raqamni oʻz ichiga oladi.
Davlat oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul imtihonlari "avval test, keyin tanlov" tamoyili asosida oʻtkaziladi.
Sanoat zonalari ob’yektlari qanday xususiylashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan bajarilgan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish tartibi ham tasdiqlandi.
Termizda Muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti tashkil etildi
Uning qoshida Ilgʻor muhandislik maktabi ochiladi.
Elektrosamokatchilarga 10 km/soatdan yuqori tezlikda harakatlanish taqiqlandi
Ba’zi hollarda 20 km/soat tezlikda harakatlanishga ruxsat beriladi.
Arxitektura va qurilish sohasi faxriylari kengashi tuzilmoqda
U soha faxriylarining ijtimoiy va moddiy ahvolini yaxshilash bilan shugʻullanadi.
Yerlarni tut koʻchatlarini ekish uchun ikkilamchi ijaraga olish mumkin
Pillachilik va tutchilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga 10 gektargacha yer maydoni ajratiladi.
Siyosiy qatagʻon qurbonlarining xotirasini abadiylashtirish boʻyicha komissiya tuzildi
2021-2024 yillarda Oʻzbekiston Oliy sudi 1 200 dan ortiq siyosiy qatagʻon qurbonlarini oqladi.
Shahar muhitida nogironligi boʻlgan shaxslar ehtiyojlari uchun sharoitlar yaratiladi
2025 yil 1 yanvardan boshlab vazirliklar va idoralar, davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlar fuqarolarni qabul qilish va sayyor qabullarni oʻtkazishda surdotarjimon bilan ishlashlari shart boʻladi.
Yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishda koʻrilgan zarar qoplanadi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ichki qatnovdagi poyezdlarda yoʻlovchi tashish xizmatlarini koʻrsatishda koʻrilgan zararni Davlat byudjeti hisobidan qoplash tartibi tasdiqlandi.
Sogʻliqni saqlash vazirligida vazir maslahatchisi lavozimi joriy etilmoqda
U nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy xizmat koʻrsatish jarayonlarini muvofiqlashtiradi.
Toshkentda Amerika texnologiya universiteti ochilmoqda
U muhandislik, sogʻliqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun kadrlar tayyorlaydi.
Energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil etilmoqda
Uning vazifalaridan biri - energetika sohasi xodimlarining zarur kasbiy kompetensiyalar darajasini shakllantirish, ularning kasbiy bilim, koʻnikma va malakalarini doimiy takomillashtirish mexanizmlarini joriy etish.
TIEKlarning ishi KPI asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari boʻyicha baholanadi
Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Nogironlikni belgilashning yangi tartibi joriy etilmoqda
18 yosh va undan katta shaxslarning funksionalligini baholash "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlari tomonidan mahalliy xususiyatlar va sharoitlarga moslashtirilgan Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining nogironlikni baholash shkalasi asosida oʻtkaziladi.
Litsenziya va ruxsat berish jarayonlari soddalashtirildi
Maxsus elektron tizim orqali faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga oʻzgartishlar kiritildi.
Texnik koʻrikdan oʻtish uchun arizani YaIDXP orqali berish mumkin
Texnik koʻrik oʻtkazish vaqti va joyi haqida onlayn xabarnoma yuboriladi.
Turizm sohasidagi faoliyatga qoʻyiladigan talablar soddalashtirildi
Xususan, turizm xizmatlarini, shuningdek, mehmonxona xizmatlarini koʻrsatishni sertifikatlashtirish toʻgʻrisidagi arizaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni, shu jumladan ijara shartnomasini belgilovchi hujjatlarini ilova qilish talabi bekor qilindi.
Issiqxona xoʻjaliklarini qanday qoʻllab-quvvatlashadi
Ularga koʻmir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar beriladi.
OʻzDJTU qoshida pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining vazifalari belgilandi.
Byudjet mablagʻlaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazorat kuchaytiriladi
2025 yildan boshlab Hisob palatasi ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50% va undan yuqori boʻlgan yirik tashkilotlar faoliyatini auditdan oʻtkazadi.
Aholi punktlarining xafvsizlik pasportlarida nimalar aks ettiriladi
Pasportda jumladan, aholi va uy xoʻjaliklari, koʻp qavatli va yakka tartibdagi uylar soni, aholi zichligi aks ettiriladi.
AGTKSh uchun qoʻshimcha talablar belgilandi
Tabiiy gaz resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Intellektual mulk huquqlari buzilishiga oid xulosa qanday tartibda beriladi
Xulosa berish haqidagi soʻrov Adliya vazirligi tomonidan 30 kun ichida koʻrib chiqiladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


