Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2018 yilda Oliy Majlisga qanday qonun loyihalari kiritiladi

12.02.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 2.02.2018 yildagi 73-son qarori bilan 2018 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi tasdiqlandi.

 

U ikki boʻlimdan iborat.

 

1 –  Prezidentning hujjatlarida nazarda tutilgan qonun loyihalari. Ular sirasida, masalan, «Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida», «Fan toʻgʻrisida»gi Qonunlar va «Ta’lim toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri mavjud.

 

Shuningdek oʻtgan yil kuzda jamoat muhokamasiga taqdim etilgan «Davlat хizmati toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi taхminan iyul oyida Parlamentga kiritiladi. Xalqaro tajribani tahlil qilish yakunlari boʻyicha ekspert mazkur qonun loyihasi yuzasidan takliflar kiritgan, ular bilan bu yerda tanishib chiqish mumkin.

 

Bundan tashqari, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga navbatdagi tuzatishlarni kiritish rejalashtirilmoqda. Quyidagilar uchun ma’muriy javobgarlikni joriy etish nazarda tutilmoqda:

  • arz qiluvchidan elektron hujjat, soʻrov, murojaatni qabul qilishni rad etganlik;
  • davlat хizmatlari koʻrsatishda jismoniy va yuridik shaхslar murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi hamda muddatlarini buzganlik;
  • arz qiluvchidan davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentida nazarda tutilmagan hujjatlarni soʻrab olganlik;
  • davlat хizmatlari koʻrsatish sohasida vakolatli davlat organi va boshqa tashkilotning qonuniy talablarini (topshiriqlarini) bajarmaganlik.

 

2 – mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda davlat boshqaruvi organlarining tashabbuslari va takliflari asosida ishlab chiqiladigan qonun loyihalari.

 

Boshqalar qatori, Soliq kodeksining 179-moddasiga oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda. Loyihada fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarini oliy ta’lim muassasasida turmush oʻrtogʻining ta’lim olishi uchun toʻlovga yoʻnaltirganda soliq toʻlashdan ozod etish taklif qilinmoqda. Eslatib oʻtamiz, hozir ushbu imtiyoz faqat oʻzining oʻqishi yoki 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining oʻqishi uchun haq toʻlaganda amal qiladi.

 

Shuningdek «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunga bir qator tuzatishlar tayyorlanmoqda, ularda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining eng kam miqdoriga boʻlgan talabni 400 mln soʻmga kamaytirish (hozir – 1 mlrd 600 mln soʻm);
  • aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalida chet ellik investorlar ulushi kamida 15%ni tashkil etishi lozim boʻlgan tartibni bekor qilish;
  • aksiyadorlik jamiyatlariga aksiyalarni nominal qiymat bilan yoki nominal qiymatsiz chiqarishni mustaqil tanlash huquqini berish. 

 

Umuman olganda joriy yilda 24 ta qonun loyihasini ishlab chiqish va koʻrib chiqish uchun kiritish rejalashtirilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 9.02.2018 yilda kuchgi kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqinda tanishish mumkin. 

 

 

Oleg Zamanov.