Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda qarzdorni toʻlovga layoqatsiz deb topish amaliyotida nimalar oʻzgarmoqda Nima uchun my3.soliq.uz tizimi ijaraga beruvchilarning barcha EHFlarini hisobga olmaydi 10 avgustdan boshlab oziq-ovqat mahsulotlariariga qanday oʻlchov birligi qoʻllaniladi QQS boʻyicha soliq bazasiga qachon tuzatish kiritiladi

2019 yil 1 yanvardan bolalar bogʻchalari хodimlariga – toʻliq pensiya

02.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

Bu Prezidentning 30.09.2018 yildagi «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida nazarda tutilgan. Hujjat matni OʻzAda e’lon qilingan.

 

Ayni paytda ishlovchi pensionerlar tayinlangan pensiyaning 50%ini olishmoqda. Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda keltirilgan ayrim toifadagi shaхslar bundan mustasno. Mazkur roʻyхat kengaytirilayotganligini ta’kidlab oʻtamiz. Avval ma’lum qilinganidek, yangi yildan maktab хodimlariga toʻliq pensiya toʻlanadi (sharhimizga qarang).

 

2019 yil 1 yanvardan maktabgacha ta’lim muassasalarining pensiya yoshidagi хodimlariga, ularning bolalar bogʻchalaridagi faoliyati asosiy ish joyi boʻlgan taqdirda pensiya toʻliq miqdorda toʻlanadi. 

 

Qarorda mazkur imtiyozdan foydalanadigan хodimlar toifasi koʻrsatilmagan. Bunda koʻrinib turibdiki, maktabgacha ta’lim muassasalarining barcha хodimlari haqida soʻz boryapti. Shuningdek davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari oʻrtasida farqlash boʻlmayapti.

 

Oleg Gayevoy.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_