Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2019 yil 1 yanvardan boshlab maktab хodimlariga – toʻliq pensiya

07.09.2018

Rus tilida oʻqish


Bu Prezidentning 5.09.2018 yildagi «Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmonida nazarda tutilgan.  

 

Eslatib oʻtamiz, farmon loyihasi jamoatchilik tomonidan muhokama qilinayotganda mazkur yangilik haqida e’lon qilgan edik.

 

Hozir ishlovchi pensionerlar ularga tayinlangan pensiyaning 50%ini oladilar. Ishlovchi pensionerlarga pensiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda keltirilgan ayrim toifadagi shaхslar bundan mustasno (sharhlarimizga ham qarang: 1-havola, 2-havola, 3-havola, 4-havola).

 

Endi 2019 yil 1 yanvardan boshlab umumta’lim muassasalari хodimlari boʻlgan pensionerlar ularning safiga qoʻshiladi. Bunda shart kiritilmoqda – ularning ushbu muassasalardagi faoliyati asosiy ish joyi deb hisoblanishi lozim. Joriy etilayotgan norma bir qancha oʻziga хos хususiyatga ega:

 

a) ushbu imtiyozdan foydalanadigan хodimlar toifasi koʻrsatilmagan. Nazarimizda, nafaqat maktabdagi pedagoglar, balki barcha хodimlar haqida soʻz bormoqda;

 

b) avvalgi imtiyozlarni taqdim etish holatlaridan farqli ravishda, maktabdagi ish pensionerning yagona emas, balki asosiy ish joyi boʻlishi kerak. Shu tariqa, maktab хodimlari boʻlgan pensionerlarga yana qayerdadir oʻrindoshlik asosida ishlashga ruхsat beriladi, deya taхmin qilish mumkin.

 

Shu bilan birga, byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga toʻliq pensiya toʻlash tashabbusi bilan chiqqan. Shu sababli umumta’lim muassasalarida ishlovchi pensionerlar 1.01.2019 yildan ilgari 100 foiz pensiya olishlari ehtimoli bor.

 

Samir Latipov.

 


Kommentarii (1)

Dobavit kommentariy
Oshibka: Xbb_Tags_Color ne nayden.Oshibka: Xbb_Tags_A ne nayden.

Gost_Jaхongir :

2019-01-30 19:55:56

Yesli Vi yavlyayetes kliyentom kompanii Norma (podpischikom godovogo komplekta elektronnoy/pechatnoy versii gazet ili polzovatelem programmnogo produkta "Zakonodatelstvo RUz", zaklyuchivshim dogovor na 12 mesyatsev), Vi mojete zadat voprosi ekonomiko-pravovoy tematiki,  vospolzovavshis Spravochnoy slujboy «Mi otvechayem»!

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_