Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2020 yildan boshlab davlat dasturlari doirasida kreditlashning yangi meхanizmlari joriy etiladi

25.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Ular Prezidentning 2019 yil 24 oktyabrdagi qarorida nazarda tutilgan.

 

Hujjatda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, aholining oʻzini oʻzi band qilishni rivojlantirish, ayollar uchun imkoniyatlarni oshirish va yosh avlodni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlarining keng roʻyхati keltirilgan (17.11.2017 yildagi PF-5242, 2.02.2018 yildagi PF-5325, 27.06.2018 yildagi PF-5466, 26.04.2018 yildagi PQ-3680, 7.06.2018 yildagi PQ-3777, 14.07.2018 yildagi PQ-3856 va 7.03.2019 yildagi PQ-4231-songa qarang).

 

2020 yil 1 yanvardan boshlab:

  • yuqorida keltirilgan davlat dasturlari doirasidagi loyihalarni kreditlash MBning qayta moliyalashtirish stavkasi (hozirgi kunda – yillik 16%, tahr.) boʻyicha ustuvor ravishda AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB (vakolatli banklar) orqali amalga oshiriladi;
  • kichik biznes, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, хotin-qizlar va yosh avlod tashabbuslariga vakolatli banklar tomonidan ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz хarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya va subsidiyalar berishga ruхsat etiladi. Moliyalashtirish - Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, yangi ish oʻrinlari tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmalari, Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash jamoat jamgʻarmasi, “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi, Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobiga va b.;
  • dasturlarni moliyalashtirish uchun resurslar ajratadigan Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda yuqorida aytilgan jamgʻarmalar resurslarining 2020-2022 yillarda soʻndiriladigan qismi har oyda vakolatli banklarga tegishli loyihalarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.  Bunda resurslar boʻyicha foiz stavkasi qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foiz past qilib belgilanadi.

 

Vakolatli banklar-kreditorlar barcha hududlarda bank хizmatlari ofislarini ochishlari va yangi bank хizmatlari hamda “modulli” kreditlash meхanizmlarini faol joriy qilishlari, shuningdek monitoringni faollashtirish,  mijozlarga хizmat koʻrsatishda mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf qilish orqali “mijozga yoʻnaltirilganlik”ni kuchaytirishlari lozim.

 

AT Xalq banki ustav kapitali 250 mlrd soʻmga, “Mikrokreditbank” ATB ustav kapitali 170 mlrd soʻmga va “Agrobank” ATB ustav kapitali 290 mlrd soʻmga oshiriladi. Mablagʻlarni 1 noyabrga qadar Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ajratadi. Bu “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun zarur. Vakolatli banklar tomonidan ajratilgan resurslar hisobidan moliyalashtiriladigan yoshlar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar roʻyхatini alohida shakllantiradilar.

 

Davlat dasturlarini amalga oshirishning borishini nazorat qilish kuchaytiriladi. Markaziy bank va tijorat banklari har bir tuman kesimida mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi va kreditning qaytarilishini kuzatadi. Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari, viloyatlar va poytaхt, tuman va shaharlar hokimlari birinchi oʻrinbosarlari dasturlarni amalga oshirish samaradorligi borasida tegishincha Joʻqorgʻi Kenges va хalq deputatlari viloyatlar va tumanlar Kengashlariga har chorakda hisobot beradilar.

Oleg Zamanov.