Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2021 yilda qancha qoʻshimcha dam olish kunlari boʻladi

04.12.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 3.12.2020 yildagi “2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-6122-son Farmoni qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan kelasi yilda:

a) 2 va 3 sentyabr – tegishincha payshanba va juma kunlari qoʻshimcha dam olish kunlari belgilanadi;

b) dam olish kuni 27 mart shanba kunidan 22 mart dushanba kuniga koʻchiriladi;

v) 2 yanvar shanba, 20 mart shanba, 22 mart dushanba va 4 sentyabr shanba kunlari barcha хodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kunlari hisoblanadi.

 

Byudjet tashkilotlarida qoʻshimcha dam olish kunlari har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligini 2 ish kuniga qisqartirish hisobiga qoplanadi. “Ta’til puli”ni aniqlashda har yillik mehnat ta’tilining amaldagi davomiyligi hisobga olinadi, unga qoʻshimcha dam olish kunlari qoʻshiladi. Har yillik mehnat ta’tilining davomiyligi qisqartirish hisobga olingan holda 15 ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.

 

Xususiy tashkilotlarda Farmonda nazarda tutilgan qoʻshimcha dam olish kunlari mehnat ta’tiliga qoʻshimcha boshqa kunlar bilan bir qatorda moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, jamoa shartnomalari yoki ish beruvchilar tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitalari bilan kelishib qabul qilinadigan boshqa lokal hujjatlarda belgilanadi.

 

Bayram (ishlanmaydigan) kunlarining uzaytirilishini hisobga olgan holda, aholi uchun ichki turizm va faol dam olish yoʻnalishlarini, transport va mehmonхona хizmatlari uchun chegirmalar berilishini hamda aksiyalar oʻtkazilishini tashkil etish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.