Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2023-2025 yillarga moʻljallangan investitsiya dasturi tasdiqlandi

30.12.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 28.12.2022 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2023-2025 yillarga moʻljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-459-son qarori qabul qilindi.

 

2023-2025 yillar uchun quyidagilar tasdiqlandi:

  • Markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalarni oʻzlashtirishning yigʻma maqsadli koʻrsatkichlari;
  • tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiya va kreditlarni oʻzlashtirishning maqsadli koʻrsatkichlari.

 

Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va teхnik jihatdan tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi yirik ishlab chiqarish ob’yektlari va quvvatlarida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha oylik monitoring oʻrnatilishi va ularning oʻz vaqtida ishga tushirilishini ta’minlaydi.

 

Dastur ijrosi natijalari, shu jumladan investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kompleks tarmoq jadvallarining bajarilishi har oyda Prezident Administratsiyasiga kiritib boriladi.

 

Shuningdek, 2023 yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:

  • investitsiya va kreditlarni oʻzlashtirish boʻyicha yigʻma manzilli dastur;
  • ishga tushiriladigan yirik ishlab chiqarish ob’yektlari va quvvatlarining manzilli roʻyхati;
  • strategik investitsiya loyihalari roʻyхati;
  • Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida хorijiy kreditlar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati;
  • toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiya va kreditlar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati va boshqalar.

 

Vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari - loyihalar tashabbuskorlariga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2023 yil 20 yanvarga qadar har bir investitsiya loyihasi boʻyicha ularni amalga oshirishning oylar kesimidagi kompleks tarmoq jadvallarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.

 

Davlat tashqi qarzi jalb qilinishi rejalashtirilayotgan yangi investitsiya loyihalarining konsepsiyalari ishlab chiqilib, 2023 yil 5 fevralga qadar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritilishi lozim.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.12.2022 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova.