Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

26 mlrd AQSh dollari miqdoridagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish choralari tasdiqlandi

21.05.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 15.05.2024 yildagi “Uchinchi Toshkent хalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yigʻilishi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-179-son Qaror qabul qilindi.

 

Uchinchi Toshkent хalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining yigʻilishi doirasida 26 mlrd AQSh dollaridan ziyod miqdordagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishilgan. 

 

Kelishuvlarni amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida hujjat bilan: 

  • Uchinchi Toshkent хalqaro investitsiya forumi doirasida erishilgan investitsiya bitimlari va kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi;
  • Uchinchi Toshkent хalqaro investitsiya forumida ilgari surilgan takliflar va tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi;
  • Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisida ilgari surilgan takliflar va tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi tasdiqlanmoqda.

 

Investitsiyalar vazirligiga topshiriqlarni bajarilishi yuzasidan aхborotni Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritib borish yuklatilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.05.2024 yildan kuchga kirdi.


Sobir Nurberdiyev