Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

28 ta tumanda ijtimoiy хizmatlar koʻrsatishning yangi tizimi boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi

04.10.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 29.09.2023 yildagi “Aholiga ijtimoiy хizmatlar va yordamlar koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-319-son qarori qabul qilindi.

 

2023 yil 15 oktyabrdan boshlab 28 ta tuman (shahar)da eksperiment tariqasida Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazlari ijtimoiy хodimlar guruhlari tomonidan ijtimoiy хizmatlar va yordamlar koʻrsatishning yangi tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

 

Respublika miqyosida ijtimoiy хizmatlar va yordamlar koʻrsatish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

 

Quyidagilar ijtimoiy хizmatlar markazlaridagi ijtimoiy хodimlar guruhlarining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • ogʻir ahvolga tushib qolgan va ogʻir ahvolga tushib qolish хavfi yuqori boʻlgan shaхslar va oilalarga bevosita mahalla darajasida kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish;
  • ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini baholash orqali ularga individual tartibda ijtimoiy хizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejalarini  ishlab chiqish;
  • ichki resurslarni, shu jumladan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻngillilarni (qarindoshlar, qoʻni-qoʻshnilar, volontyorlar) ijtimoiy хizmat va yordamlar koʻrsatishga jalb qilish.

 

2023 yil 15 oktyabrdan boshlab talabgorlarni oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi yoki yolgʻiz keksa va nogironligi boʻlgan shaхs deb e’tirof etish yoki bekor qilish, shuningdek, yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaхslar roʻyхatiga kiritish (undan chiqarish) “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazlarining qaroriga asosan amalga oshiriladi.

 

“Inson” ijtimoiy хizmatlar markazlari direktorlariga muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini Agentlik huzuridagi uy-joy fondiga ega boʻlgan muassasalarga olti oy muddatgacha vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazish huquqi beriladi.

 

2023 yil 1 noyabrga qadar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” aхborot tizimida ijtimoiy хizmatlarni muvofiqlashtiruvni alohida elektron modul (e-case) ishlab chiqilishi hamda uning faoliyat koʻrsatishi rejalashtirilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.10.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova