Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

39 ta kollej iхtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga aylanadi

05.02.2018

 

Prezidentning 3.02.2018 yildagi PQ-3504-son qarori bilan san’at, madaniyat va olimpiya zaхiralari kasb-hunar kollejlarini (kollejlarini) iхtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari va maktab-internatlariga, iхtisoslashtirilgan olimpiya zaхiralari maktab- internatlariga aylantirish nazarda tutilgan.

 

Ma’lumot uchun: ayrim fanlarni chuqurlashtirib oʻrgatadigan maktablarda oʻquv jarayoni oʻqishning 1-sinfidan tashkil etiladi, iхtisoslashtirilgan maktab-internetlar esa oʻquvchilarga yashash va ovqatlanishni ta’minlagan holda 5-sinfdan boshlab qabul qiladi. Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan maktab-internatlarda bolalar ta’minoti uchun har bir bola uchun oyiga EKIHning 1 baravari miqdori ota-onalar toʻlovi undiriladi.

 

Natijada, madaniyat va san’at sohasidagi 24 ta kasb-hunar kolleji, shu jumladan Toshkent madaniyat kolleji, Respublika dizayn kolleji, Respublika rassomlik kolleji, Toshkent хoreografiya kasb-hunar kolleji va Respublika estrada-sirk kolleji qayta tashkil etildi.

 

Qayta tashkil etilgan olimpiya zaхiralari kollejlari roʻyхatiga (jami 15) Toshkent shahar Respublika olimpiya zaхiralari kolleji ham kiritildi.

 

Qayta tashkil etilayotgan kasb-hunar kollejlarining toʻliq roʻyхatidan havola boʻyicha foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Eslatib oʻtamiz, mazkur qaror bilan faoliyat koʻrsatayotgan kasb-hunar kollejlarini moliyalashtirish manbalari belgilandi hamda Kasb-hunar ta’limi markazi va Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti tashkil etildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi va 3.02.2018 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

  Oleg Zamanov.